Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 16.10.2024
Просмотров: 79
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI
TARIXI
FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
2020
1-MAVZU: KIRISH. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI.
Reja:
-
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatidagi ahamiyati. Fanning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. -
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari. -
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. -
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
Darsning o‘quv maqsadi: O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida bilimlar tizimini shakllantirish.
Tayanch iboralar: tarix, O‘zbekiston, fan, predmet, obyekt, maqsadi, vazifalari, tamoyillar, holislik, ilmiylik, tarixiylik, davr, tarixiy manba, yozma manbalar, moddiy manbalar, xalq, mamlakat, mintaqa, o‘tmish, Movarounnahr, Turkiston, Gerodot, xitoy yilnomalari, Kvint Kursiy Ruf, Strabon, madaniyat, til, urf-odatlar, tarixiy o‘tmish, tarixiy xotira, sivilizatsiya, arxeologiya, numizmatika, paleografiya, etnografiya, sharq va g‘arb, shaharsozlik, “Avesta”, Bexistun yozuvlari, “Temur tuzuklari”, Beruniy, Forobiy, madaniy meros, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Alisher Navoiy, komil inson, vatanparvarlik, insoniylik.
1. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatidagi ahamiyati. Fanning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Bu qadimiy va tabarruk zaminda buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, siyosatchilar, buyuk sarkardalar yashab o‘tganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu yerda yaratilgan, sayqal topgan. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini sinchiklab o‘rganish, ulardan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizni buyuk davlatlar qatoriga ko‘tarishda, xalq farovonligini yuksaltirishda foydalanish muqaddas vazifadir. Chunki O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”1. Demak, o‘zligini tanigan, tarixiy tajribadan chuqur saboq olgan fuqarolariga ega bo‘lgan davlatni tanlagan yo‘lidan qaytarib bo‘lmaydi. Bunday davlatda tinchlik, taraqqiyot, farovonlik barqaror bo‘ladi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritilishi tufayli o‘zbek xalqi davlatchiligi tarizida yangi davr – mustaqillik davri boshlandi. O‘zbekiston bugungi kungam kelib dunyo siyosiy xaritasidagi tenglar ichra teng davlat sifatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Mustaqillik uzoq yillar mustamlakachilik zulmining achchiq damlarini boshidan kechirgan o‘zbek xalqi hayotida yangi istiqbolli davrni boshlab berdi. Istiqlol har bir vatandoshimizning ongida, tafakkurida, mustamlakachilik, ma’naviy jismoniy tobelik, axloqiy-ruhiy qaramlikdan so‘ng u bergan beqiyos ne’matlarni – qadimiy an’analar va qadriyatlarimizning tiklash imkoniyatlarini, ko‘p ming yillik tariximizni yuksak iftixor ruhida o‘rganish imkoniyatlarini ochib berdi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bu – O‘zbekiston tarixi fanining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanada. Garchand, istiqlol yillarida boshlangan buyuk davlatchiligimiz poydevorini yaratishdagi ulkan bunyodkorlik, tashkilotchilik ishlari hali tarixga aylanib ulgurmagan bo‘lsa bo‘lsa-da, qisqa fursat ichida O‘zbekistonning istiqlol taraqqiyoti yo‘lidan olamshumul islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘rganishni, tahlil qilishni hayotning o‘zi dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda.
O‘zbekistonning eng yangi tarixida: O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash omillari, ma’naviy-ruhiy tiklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rni olishi kabi masalalar – bu bosqichdagi O‘zbekiston tarixining mazmunini tashkil etadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani - ob’ekti sifatida, fanning O‘zbekiston tarixining eng yangi davri ekanligi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, 1991 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan voqea va hodisalarning bir butun hamda yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Fanning predmetiesa mana shu bir butun ob’ekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari, tarixiy jarayonlarning talqini sobiq tuzum davrida an’anaga aylangan-sinfiylik, partiyaviylik kabi soxta tamoyillardan holi bo‘lmog‘i lozim. Bundan kelib chiqqan holda:
-birinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari chuqur ilmiylik, xolisonalik, tarixiylik, xronologik, izchillik, tarixiy haqiqatning ustuvorligi tamoyillariga asoslanadi;
-ikkinchidan, fan materiallarini o‘zlashtirish bo‘lajak mutaxassislarda tarixiy bilimlarning davomiyligini, tasavvur va tushunchalarning chuqurlashuviga xizmat qiladi, masala mohiyatiga ilmiy-nazariy yondashuv fazilatlarini shakllantiradi;
-uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari boshidan oxirigacha vatanparvarlik, tolerantlik, insoniylik kabi fazilatlar g‘oyasi bilan sug‘orilgan;
-to‘rtinchidan, tarixiy talqindagi materiallar umumbashariy va milliy qadriyatlar ustuvorligi hamda tarixga hurmat e’tibor ruhi bilan sug‘orilgan.
-beshinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash tamoyillari vujudga keldi.
2. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari.
Har qanday fan kabi “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzini ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma’sul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi ya’ni, tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. CHunki, bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. SHuning uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi. O‘zbekiston Ruspublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Tarix xalq-ma’naviyatining asosidir” kabi ko‘plab tarixiy haqiqatni to‘g‘ri anglatuvchi o‘ta teran fikrlarni olg‘a surdi.
Tarixchi olimlar butun insoniyat, millat, xalq va o‘rganish ob’ekti (ma’lum mavzu) evolyusiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa) larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarni ro‘yobga chiqishi – tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturdir. Eng qisqa va tushunarlik qilib aytsak, umuman metodologiya fanlarning fanidir.
Keyingi paytda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy ma’nosi grekcha «Metodos» va «Logos» degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod, ya’ni, usul – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, ta’limot, logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya ya’ni, uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuidan iborat bir butun fandir. Boshqa ma’noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari to‘g‘ri etaklaydi, ya’ni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi xususida gap borar ekan, odatda shu fanga xos metod (usul)lar majumi tushuniladi. Tarix fanini o‘qitish metodologiyasi deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning natijalarini asoslash yo‘llarini amaliyotda mazkur fanga xos bo‘lgan ilmiy bilimlar mexanizmini samarali tadbiq etilishi tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi deganda tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilishi tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan tarix fani doirasida qo‘llaniladigan ta’limotiga aytiladi. O‘zbekiston tarixi fanining fan sifatidagi nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini, faqatgina shu fanga xos bo‘lgan qat’iy tushunchalar majmui va bilish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik har ikkala yo‘nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatini, mumtoz tarixshunosligimiz va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan holda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish tavsiya etiladi:
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:
-
Din bilan dunyoviylik o‘rtasida mu’tadil munosabat bo‘lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi; -
Tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas xodisa hamda qadriyat deb tushunmoq; -
Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtai nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish; -
Tarixiy taraqqiyot asosini evolyusion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq; -
Tarixga milliy mentalitet nuqtai nazaridan o‘zgalar tarixiga hurmat ruhida murojaat etish; -
Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi; -
Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy), ilmiy usul va tamoyillari. Ular quyidagilardan iborat:
-
Ilmiy xolislik (ob’ektivlik); -
Tarixiy – tahliliylik; -
Mantiqiy – uzviylik; -
Vorislik va xronologik izchillik; -
G‘oyaviylik va vatanparvarlik; -
Qiyoslash, kuzatish va umumiylashtirish; -
Baxslashish, munozara yuritish va asoslab berish; -
Matematik hisoblash; -
SHakllash va modellashtirish; -
Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra ilmiy va amaliy ahamyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996 yil 13 dekabrdagi Farmoniniga ko‘ra ―O‘zbekistonning yangi tarixi‖ni tayyorlash va nashr qilish haqida‖ qaror qabul qilindi. Shu asosda 2000 yil “SHarq” nashriyotida Mustaqil O‘zbekiston tarixi (III jild) nashr qilindi. Mustaqillik davrida o‘tgan kunlarimiz alohida o‘rganishni, tadqiq etishni, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishni taqozo qiladi. CHunki: birinchidan, istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi. Moddiy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy va jismoniy salohiyatlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi; ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‘ir, mas’uliyatli paytda respublikamizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik ta’minlandi. Respublika hukumati mana shunday ziddiyatli holatda to‘g‘ri siyosat yuritdi.
Bizning tariximiz ham, jahon tarixi ham din (aniqrog‘i dinlar) tarixi bilan uzviy bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan, dinni ijtimoiy hayotdan ajratib bo‘lmaydi. Agar ajratilsa, tarixga ham, dinga ham mantiqqa ham zid bo‘ladi. Ma’lumki, sovet tarix fani tarixni soxtalashtirdi, din ilmga zid, tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qildi. Tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak. SHuning uchun ham u din bilan mu’tadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i hozir eng asosiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Bu esa, yoshlarni har xil din niqobidagi dinga aloqasi bo‘lmagan terroristik guruhlarga adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni haqqoniy va to‘la yozilishiga imkon beradi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning ahamiyati katta bo‘ldi.
-
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.
O‘rta Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib, insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘chog‘laridan biri hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan. CHunonchi, O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. SHuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimgi davrlar haqida so‘zlaganimizda “O‘rta Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston tarixi” atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir.
Ma’lumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘rta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid ko‘plab kashfiyotlar qilindi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ushbu ma’lumotlar va ashyolar o‘lka tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib, ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘lanadi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilazitson yondoshuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullaev va boshqa olimlar e’tibor qaratgan bo‘lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to‘la echimini topmagan. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. CHunki, o‘rganilayogan tarixni avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtai nazaridan ma’ruzalar belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‘rinmasin, ushbu jihat ham murakkab masala hisoblanagan tarixni to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan ta’lim berishdir.
Yuqorida ta’kidlanganimizdek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni davlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e’tiborni qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. Xususan, A. Sagdullaevning fikricha, O‘rta Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga oladi. Evropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o‘zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi.
A.Asqarovning fikricha, O‘zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq er kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o‘tishi shart. Ammo, jamiyat rivojlanishi hamma erda birday kechmagan. Jamiyatning notekis rivojlanish qonuniyati esa, qadimgi zamonlarda ko‘proq mintaqaning tabiiy-gegrafik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, O‘rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin.
Tarixini davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’qidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari surilgan2. Unda jamiyatda yuz beradigan tub o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda jamiyat iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan, jamiyatda mulkka egalik qilishlikning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? degan savollar qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan3 va quyidagi davrlashtirishni ilgari surgan:
I. O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri” (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar)4.
II. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri” (bundan 40 ming yil avval to milodiy III-IV asrlargacha). Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 1 bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2 bosqich - patriarxal urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi.
III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr oxirigacha).
IV. “O‘rta asrlar davri” ( 9 asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o‘rtalarigacha).
V. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini “Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Chor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga oladi.
VI. O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hokimiyati davri” bo‘lib, bu davr 1917 yildan 1991 yilgacha davom qilgan.
VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri” deb atab, bu davr 1991 yil 31 avgustdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.
Akademik A.Asqarov tomonidan ilgari surilgan bu davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston xududining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li aks etgan. Shuningdek, biz o’rganayotgan davr, ya’ni O’zbekiston tarixining yettinchi davri “O’zbekistonning eng yangi tarixi” deb ham atalib, ushbu davr ham o’z ichida bir necha bosqichlardan iborat. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Respublika Prezidenti Islom Karimov asarlari orqali mustaqillik davrida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlarni, respublika aholisining serg‘ayrat va fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot 3 bosqichga bo‘linishini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod etilib, “o‘zbek modeli” asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotida keng kirib bordi.
2001-2010 yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi”.