Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 16.10.2024
Просмотров: 68
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Mamlakatimizda Ombudsman institutining shakllanishi esa huquqiy -demokratik davlat qurishda yangi bosqichni boshlab berdi. Avvalombor ushbu tuzilmaning shakllanishi va taraqqiyoti xususida so’z yuritishdan oldin, uning mazmun hamda mohiyatiga to’xtalish muhim. Umuman «Ombudsman» so’zi shvedcha “vakil”, “agent”, “delegat”, “advokat”tushunchalariga hamohang,biror kishining vasiysi, biror kishining nomidan ish ko’ruvchi ma’nolarini anglatadi.
Uning mohiyati quyidagicha: “Ombudsman inson huquqlariga amal qilinishini nazorat qiladi. Agar prokuratura organlari inson huquqlariga amal qilinishini faqat qonun asosida nazorat qilsa, Ombudsmanlar maqsadga muvofiqlik, vijdonlilik, adolat nuqtai nazaridan nazorat qiladi”.
Oliy Majlisda Inson huquqlari bo’yicha vakillik (Ombudsman) institutini tashkil etish zarurati ilk bor 1995 yil 23 fevralda bo’lib o’tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida ilgari surildi. SHu tariqa mamlakatimiz mustaqillik yillari tarixida ilk bor 1995 yilning 23 fevralida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili tashkil etildi.
Inson huquqlari bo’yicha vakil zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishga ko’maklashish maqsadida 1995 yil 6 mayda Oliy Majlis tomonidan “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili huzurida Fuqarolarning konstutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish to’g’risida”gi 88-1-sonli qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga ko’ra Inson huquqlari bo’yicha vakil huzurida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha 10 kishidan iborat komissiya tasdiqlandi.
Ombdsman instituti faoliyatining yanada takomillashuvida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999 yil 14ـaprelda Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi ma’ruzasidagi quyidagi fikrlari muhim ahamiyat kasb etdi: “Insoniy mezonlar, hukumatga qarashli bo’lmagan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim. Respublika mintaqalarida Inson huquqlari bo’yicha vakil samarali faoliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, Ombudsman institutining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash zarur”.
1999 yilning 12 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 798-1-sonli “Insonning konstutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha komissiyasi tarkibiga o’zgartirish kiritish to’g’risida” gi qarori bilan komissiya tarkibiga yana 10 nafar komissiya qo’shilib, Ombudsmanning mintaqalardagi vakillik instituti vujudga kelishi uchun ilk «tamal tosh»i qo’yildi.
Parlament Vakil va Komissiyaning asosiy faoliyati esa Oliy Majlis Kengashi tomonidan 1995 yil 29 avgustda qabul qilingan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solindi.
Nizomda Vakilning saylanish tartibi, uning asosiy vazifalari, shikoyatlarni taqdim etish (Vakilga) va ko’rib chiqish tartibi, Vakilning va shikoyat etuvchining huquqlari hamda Inson huquqlari bo’yicha vakil huzurida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha komissiyaning Vakilga o’z faoliyatini amalga oshirish jaryonidagi vakolatlari belgilandi.
Lekin bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, ushbu Nizom Ombudsman faoliyatining to’liq huquqiy asosini tashkil eta olmas edi. Birinchidan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili to’g’risidagi Nizom qabul qilingan bo’lsaـda, ushbu Nizom qoidalari hali milliy qonunchiligimizda o’zining to’liq kafolatiga emas edi.
Ikkinchidan, Nizomning 6‑bandida vakil hokimiyat vakillik organlarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko’rib chiqmaydi degan qoidaning kiritilishi Ombudsmanning inson huquqlarini ta’minlashga doir vakolatlarini cheklar edi. CHunki bugungi kungacha ham Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlarda hokimiyat vakillik organlari faoliyatidan qoniqmaslikka doir arizalar anchani tashkil etmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili institutining, huquqparvar jamoat tashkilotlarining mavqei va maqomini ko’tarish zarur. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi mavjud Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikri instituti, Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti, Inson huquqlari milliy markaz singari tashkilotlarni rivojlantirish hamda boshqa yangi institutlarni tashkil etish lozim. Bir so’z bilan aytganda, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini boshqarish va nazorat qilishning yangi samarali mexanizmlarini barpo etish zarurati etildi”.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili to’g’risidagi qonunining loyihasi ustida 1996 yilda ish boshlandi. Unda Oliy Majlis deputatlari, respublikamizning huquqshunos olimlari, chet ellik ekspertlar ishtirok etdilar. Qonun loyihasini tayyorlashda chet el Ombudsmanlari tajribasi, shuningdek, 1996 yil sentyabr’ oyida Toshkent shahrida yeXHTning "Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar" mavzusida o’tkazilgan seminar-kengashda chet ellik mutaxassislar bildirgan taklif va fikr-mulohazalar hisobga olindi. Inson huquqlari bo’yicha vakil to’g’risidagi Qonun loyihasi 1997 yil 14 fevralda umumxalq muhokamasi uchun "Xalq so’zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarida e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 aprelda bo’lib o’tgan sakkizinchi sessiyasida esa "Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 20 moddadan iborat bo’lib, qonun inson huquqlari bo’yicha vakilning huquqiy holatini tartibga soldi va uning asosiy faoliyat sohasi hamda tamoyillarini, lavozimga saylanish, lavozimdan ozod etilish tartibini, fuqarolar shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish bo’yicha vakolatlarini, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi huquq va majburiyatlarini, uning daxlsizligi va moliyaviy ta’minotlari masalasini belgiladi.
Inson huquqlariga rioya etilishi sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish, inson huquqlari bo’yicha vakil bilan Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining o’zaro hamkorligi tizimini yaratish hamda nazorat asosiy faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida 2000 yilda Ombudsman tomonidan o’zaro hamkorlik konsepsiyasi, shuningdek, Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining nazorat ishlarini hisobga olgan holda nazorat asosiy faoliyat rejasi ishlab chiqildi.
Ayniqsa 2001-2010 yillarni o’z ichiga olgan davr Ombudsman instituti faoliyati uchun muhim qadam bo’ldi. Mazkur bosqichda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili institutining oyoqqa turishi uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Vakil vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtirildi.
Tadrijiylik asosida mustahkamlanib borayotgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakil instituti dastlabki yillarda O’zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlanmagan edi. Ombudsmanga konstitutsiyaviy maqom berishning dolzarbligi va uning mohiyati masalasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili S.Rashidova tomonidan asoslab berilgan edi. 2003 yil 24 aprelda O’zbekiston parlamenti Konstitutsiyaga o’zgartirishlar va to’ldirishlar kiritish to’g’risida Qonun qabul qildi, unga ko’ra, Konstitutsiyaning 78-moddasiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakilini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylash to’g’risida 16‑band kiritildi. Ushbu qoida Ombudsmanga konstitutsiyaviy maqom berilganligini ko’rsatadi.
Nihoyat Oliy Majlisning 2004 yil 27 avgustdagi o’n beshinchi sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida”gi Qonun parlament Vakilini isloh qilishni hamda ijtimoiy hayotda erkinlashtirish va demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda yangi loyihada qabul qilindi. YAngi Qonun tuzilish jihatidan Muqaddima va 22 moddadan tashkil topib, Qonunchilik palatasiga saylovlar va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatinining shakllanishi natijalari bo’yicha 2005 yil yanvar oyida kuchga kirdi. Qonunda parlament palatalari maqomlari to’g’risidagi yangi qonunlar qoidalari, shuningdek, Ombudsman faoliyatining amaliyoti, inson huquqlari bo’yicha milliy institutlariga oid xalqaro standartlar, Ombudsman maqomini huquqiy belgilash bo’yicha horijiy tajribalar hisobga olindi.
Vakillik institutining taraqqiyoti va takomillashuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 mayda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturi to’g’risida”gi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu farmonda va uning ilovasida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan milliy institutlar, jumladan, Ombudsman institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning samarali ishlashi uchun zarur boshqa shart-sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida”gi Qonunni amalda tatbiq etilishini o’rganish va zarur takliflarni ishlab chiqish vazifalari belgilab berildi.
YUqoridagi farmondan kelib chiqqan holda, 2008 yil 30 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qo’shma “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” gi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Inson huquqlari bo’yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari kompleksi to’g’risida” gi qarorlari qabul qilinib, unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili kotibiyatiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zahira jamg’armasidan asoslangan hisob-kitoblar bo’yicha zarur zamonaviy ofis mebeli, avtotransport, komp’yuter texnikasi, dasturiy vositalar va boshqa moddiy-texnika vositalari, Davlat byudjetidan Vakil va uning Kotibiyatining joriy ta’minoti, bosma materiallar chiqarish, axborot nashrlari va adabiyotlarga obuna bo’lish, xalqaro Ombudsman institutlariga a’zolik badallari to’lash, Vakil va uning Kotibiyati xodimlarining xalqaro forumlar ishida qatnashishi uchun har yili mablag’lar ajratilishini, shuningdek, Internet tarmog’i bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilib, 2008 yil 25 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, u 2009 yilning 27 martida Senat tomonidan ma’qullandi va 2009 yilning 10 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
SHu tariqa mamlakatimizda Ombudsman institutining shakllanishi va faoliyati mamlakatimizda qonun va inson huquqlari ustivorligini ta’minlashda muhim axamiyat kasb etdi. Bu esa fuqarolarning tengligi, erkinligi kabi tamoyillarning amalda to’liq ta’minlanishi uchun hamda fuqarolik jamiyatini qurish jarayonlarida har tomonlama boshqa institutlarga nisbatan jamiyat a’zolariga yaqinligi fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga bo’lgan zaruratni oshirishga imkoniyat yaratdi.
-
O’zbegistonda nodavlat-notijorat tashkilotlar va ijtimoiy sherikchilik
O’zbekistonda keyingi yillarda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari jadal shakllandi va rivojlandi. Ular mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. SHuning uchun ham fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati borgan sari oshib bormoqda. CHunki ular demokratik qadriyatlar, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanib bormoqda, fuqarolarning o’z iqtidorini ro’yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatimizda turli manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko’maklashmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanib borgani sari ularning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi faolligi yanada kuchaymoqda. Aytish mumkinki, jamoatchilik nazoratining ta’sirchanligi bois kishilar qalbi va ongida jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan tub ijobiy o’zgarishlarga nisbatan kechayotgan xayrixohlik va birdamlik kayfiyati faollashmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarining o’zagi sifatida dastavval O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tilga olish o’rinlidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega ekanini e’tirof etish bilan birga, siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifat shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emasligi belgilab qo’yilgan. Asosiy qonunning 12-moddasida O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi hamda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy prinsip o’z ifodasini topgan.
Birlashishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquq yoki xalqaro hujjatlar terminologiyasi bilan aytganda, boshqalar bilan birga muayyan assotsiatsiyalarga uyushishga bo’lgan huquq o’z ichiga fuqarolarning umumiy manfaatlarini himoya qilish va umumiy maqsadlarga birgalikda erishish asosida ixtiyoriy ravishda tuziladigan jamoat tashkilotlarini tashkil etish huquqini hamda mavjud jamoat tashkilotlariga kirish yoki ulardan chiqish huquqini qamrab oladi.
Muayyan jamoat tashkiloti faoliyatida qatnashish yoki qatnashmaslik har bir fuqaroning shaxsiy ishi hisoblanadi. Fuqarolarni jamoat tashkilotiga a’zo bo’lib kirishga majburiy tarzda undash yoki undan chiqishga to’sqinlik qilish huquqqa zid faoliyat deb tan olinadi.
SHu bilan birga, jamoat tashkilotlariga uyushish erkinligi muayyan chegaralar doirasida amalga oshiriladi. Bunda mazkur huquqdan jamiyatga qarshi maqsadlarda foydalanish mumkin emas. SHu jihatdan olganda, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, mamlakatimizning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi, faoliyati hamda maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.
Hozirgi vaqtda “O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonunni qabul qilingan. Bu qonunning maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan fuqarolik jamiyati institutlarining nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalardan biri – inson huquq va erkinliklarining samarali ta’minlanishi masalasidir. SHu munosabat bilan Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish fursati yetganini ta’kidlash navbatdagi taklif sifatida maydonga chiqadi. Ushbu dastur, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga alohida mas’uliyat bilan yondashish lozimligini uqtirish bilan birga bu vazifaning qanday tarzda nazoratga olinishini ham ko’rsatib beradi. Bunda tegishli organlarning inson huquqlari sohasida himoyani qanchalik yo’lga qo’yganini aniqlash maqsadida jamoatchilik monitoringining amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Dastur aynan ana shu sohadagi chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga olishi lozim.
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga jamiyat va davlat qurilishi, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli normalar kiritilishi fuqarolik jamiyati barpo etilishining asosi bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.
SHu bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlarining quyidagi masalalar yuzasidan ham faol ishtirokining asoslarini ko’zda tutuvchi qonun hujjatlari majmuini ishlab chiqish ko’zda tutilmoqda: sog’liqni saqlash masalalari; atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari; aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari; ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo’llab-quvvatlash masalalari; katta sotsial ahamiyatga molik boshqa masalalar.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining tabiatni muhofaza qilish borasidagi faoliyatini amalga oshirishda ekologik nazorat muhim o’rin tutadi. Ekologik nazoratni amalga oshirish jamoat tashkilotlari ekologik funksiyasining tarkibiy qismidir. Ekologik-huquqiy mexanizmning ushbu funksiyasi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoat tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishning zaruriy elementi sifatida yuzaga kelgan.
Biz fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilgan ekanmiz, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan, fondlarning ahamiyati ortib boraveradi. So’nggi yillarda “Jamoat fondlari to’g’risida”gi qonun va “Homiylik to’g’risida”gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko’maklashish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va boshqa tegishli hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil rolini o’tamoqda.
YUrtimizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining yanada jadal rivojlanishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qo’shma qarori muhim ahamiyat kasb etdi.
Jamoat tashkilotlari faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasidagi ijobiy jarayonlarning tamal toshi sifatida 1991 yilda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi qonunni ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur qonunda ilk marotaba jamoat birlashmasi (tashkiloti) institutiga huquqiy ta’rif berilishi bilan birga, uni tashkil etish maqsadi, faoliyati prinsiplari hamda huquq va majburiyatlar doirasi belgilab berildi. Qonunda belgilab qo’yilgan shakllardagi har qanday jamoat tashkilotini kamida o’n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuzish tartibi mustahkamlab qo’yildi.
- 1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 24