Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 16.10.2024

Просмотров: 84

Скачиваний: 0

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning yurtimizga amalga oshirgan davlat tashrifi (2018 yil 19–20 oktyabr) davomida o‘tkazilgan muhokamalar yakunlari bo‘yicha yadro energetikasi va kosmos sohalaridagi hamkorlikni o‘z ichiga olgan turli yo‘nalishlarda umumiy qiymati 26 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 20 ta hukumatlararo hujjat imzolandi. Bu tashrif asosida tuzilgan shartnomalar asosida 79 ta O‘zbekiston–Rossiya qo‘shma korxonalari, 23 ta yangi savdo uylari, 20 ta ulgurji va chakana savdo markazlari ochilishi rejalashtirilgan. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida (2018 yil 29 aprel – 1 may) oliy darajadagi O‘zbek–Turk strategik hamkorlik kengashi tashkil etildi. Tomonlar yaqin yillarda o‘zaro tovar ayraboshlash hajmini 5 milliard dollarga etkazish bo‘yicha aniq tadbirlar yuzasidan kelishib olishdi.

Prezidentimizning AQSHga rasmiy tashrifi (2018 yil 15–16 may) O‘zbekiston – Amerika strategik hamkorligini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Tarixiy tashrif davomida savdo, fan, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Ikki mamlakat kompaniyalari qiymati 4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq yirik shartnomalarni imzolashdi. Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Halil as-Sisi 2018 yil 4–5 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Davlatlarimiz o‘rtasida yoshlar, sport, investtitsiya, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumlari, ta’lim, turizm, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga doir bitimlar, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019–2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi va adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi singari jami 12 ta hujjat imzolandi.1 Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida (2018 yil 12–14 sentyabr) 19 ta kelishuv va umumiy qiymati 263 million dollarlik 56 ta savdo shartnomasi imzolandi.2 Prezidentimizning Hindistonga davlat tashrifi davomida (2018 yil 30 sentyabr – 1 oktyabr) 20 dan ziyod hukumatlararo hujjatlar va qiymati 3 milliard 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Prezidentimizning Fransiyaga rasmiy tashrifi (2018 yil 8–9 oktyabr) O‘zbekiston rahbari SHavkat Mirziyoev Evropa Ittifoqi davlatlariga qilgan birinchi safari bo‘ldi.

Tashrif yakunida 10 ta hukumatlararo shartnoma va umumiy qiymati 5 milliard evroga teng bo‘lgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi. Umuman olganda, 2018 yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlararo va halqaro tuzilmalar rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama shartnoma hamda kelishuvlar tuzildi.

SHuningdek, hukumat, vazirlik, idoralar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari darajasida 360 ta tashrif amalga oshirildi. O‘zbekiston diplomatiyasining yutuqlaridan biri o‘zbekistonlik taniqli diplomat Vladimir Norovning 2019 yil 1 yanvardan boshlab SHHT Bosh kotibi lavozimiga tasdiqlanganligi ham tarixiy voqea bo‘ldi. 3 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev V. Norovni SHHT Bosh kotibi sifatida qabul qildi. O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ijobiy o‘zgarish va natijalarni yana boshqa ma’lumotlar misolida ko‘rish mumkin.

Faol tashqi siyosat tufayli mamlakati mizning xalqar obro‘ -e’tibori 2018 yil – «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili» O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev dunyoning turli mamlakatlariga 30 ga yaqin oliy darajadagi tashriflar bilan bordi hamda nufuzli tashkilotlarning sammitida qatnashdi. Keyingi ikki yil ichida xorijiy mamlakatlar prezidentlari mamlakatimizga 16 ta tashrifni amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bildirilgan takliflar xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi; Prezidentimiz tashabbusi bilan, ilk bor Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi tashkil etildi; Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi o‘tkazildi; Prezidentimiz Xitoyning Sindao shahrida SHHT Davlat rahbarlari Kengashining o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etdi; BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast fondi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va hokazo.


2018 yil 22 sentyabr kuni Toshkent shahridagi «Miran International» mehmonxonasida xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan «O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari bilan bir qatorda AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, SHvetsiya, Belgiya, Fransiya, Xitoy, YAponiya, Pokiston va Hindistondan tashrif buyurgan, jami 26 nafar ekspert ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT minbarida so‘zlagan ilk nutqidan so‘ng tashkil etilishi ramziy ma’noga ega bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro maydonda ijobiy imijini oshirish, olib borilayotgan islohotlar bilan jahon hamjamiyatini xolisona tanishtirish kabi tashabbuslar kelgusida yanada qo‘payishi tabiiydir.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasi bilan, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma SHtatlari, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi va YAponiya bilan munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan faol tashqi siyosat olib borishda muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston 2017 yildan boshlab Xitoy tashabbusi bilan tashkil qilingan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ishtirokchisidir. Mazkur hamkorlik ikki yo‘nalish- quruqlik va dengiz orqali davlatlararo hamkorlikni musathkamlashga qaratilgan. U hozigi kunda Osiyo, Afrika va Evropadagi 65 mamlakatni qamarab olgan. 2019 yilda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev mazkur forumda nutq so‘zlab, O‘zbekiston va Xitoy sheriklik aloqalarini yuksaltirishdan minnatdorligini qayd qilgan edi. Umuman, qayd qilingan malumotlarga tayanib, O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu esa kelajakda har ikki davlat o‘rtasidagi sherikchilik aloqalarining strategik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishni taqoza etadi.

So‘nggi yillarda respublikamizda ta’lim sohasida ham xalqaro hamkorlikda sezilarli ijobiy siljishlarga erishildi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 102 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan. Birgina 2018 yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Samarqandda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti»ning Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali faoliyat boshladi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi. 2018 yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mamlakatimizda o‘nga yaqin oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari tashkil etildi. Masalan, Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQSHning Vebster universitetining filiali ochildi.
Savol va topshiriqlar

  1. O‘zbekiston bugungi kunga kelib qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgan?

  2. O‘zbekiston YuNESKO bilan hamkorlikda so‘nggi yillarda qanday tadbirlarni amalga oshirdi?

  3. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan munosabatlari qanday rivojlanmoqda?

  4. O‘zbekiston va BMT aloqalari haqida gapirib bering.

  5. Prezident SH.Mirziyaevning Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb etish yuzasidan qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

  6. Mintaqaviy mojarolar va terrorizm xavfini misollar yordamida tushuntiring.

  7. O‘zbekiston va Turkiya aloqalari haqida so‘zlab bering.

  8. EKO qanday tashkilot? O‘zbekistonning EKO bilan hamkorligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  9. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida referat yozing.

  10. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz?

  11. O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida qanday sohalarda hamkorlik qilinmoqda?

  12. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar nimalarda o‘z ifodasini topmoqda?

  13. MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo bo‘lib kirdi?

  14. MDH muassislari tomonidan qabul qilingan Almati deklaratsiyasida nimalar haqida bayonot berildi?

  15. MDH faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

  16. MDH davlatlari boshliqlarining Toshkentda bo‘lgan kengashi qachon bo‘ldi, qanday hujjatlar imzolandi?

  17. O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma qachon imzolandi, uning ahamiyati nimada?

  18. Qanday misollar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanib borayotganligidan guvohlik beradi?

  19. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar haqida so‘zlab bering.

  20. O‘zbekiston va Belorus Respublikalari o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz?

  21. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlik haqida nimalarni bilasiz?

  22. O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalari haqida so‘zlab bering.

  23. Markaziy Osiyo mintaqasiga qanday respublikalar kiradi? Bu ibora qachon muomalaga kiritildi?

  24. Orol muammosini hal qilish yo‘lida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

  25. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi haqida so‘zlab bering.

  26. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida nimalarni bilasiz?

  27. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aloqalar haqida so‘zlab bering.

  28. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz?



14-15 Mavzu: Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
Reja

  1. Mustaqillik - milliy tiklanishning asosidir.

  2. Yangilanayotgan O‘zbekiston: “Harakatlar strategiyasi” xalqchil, demokratik davlat va jamiyatni shakllantirish yo’lida.




  1. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.

  2. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrni hamda nufuzini ortib borishi

  3. Dunyoning yetakchi reyting va indekslarida O’zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini e’tirof etilishi.


Tayanch tushunchalar: Mustaqillik, milliy yuksalish, Harakatlar strategiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi,qonun ustuvorligi,iqtisodiyotni liberallashtirish, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, jamoatchilik nazorati, milliy mafkura
1. Mustaqillik - milliy tiklanishning asosidir.

Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G‘oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi, xalqimizni turmush darajasini keskin ko‘tarish va bu borada rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishga qaratilgandir. Bu borada Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida biz hozir milliy taraqqiyotimizning mutlaqo yangi bosqichiga o‘tayotganligimizni, milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidladilar.

Ma’lumki, 2019 yil 8 aprel kuni Prezidentimizning O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg‘unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p. Ularning aksarida milliy g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz.

Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari negizida yapon milliy g‘oyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, rag‘bat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda qattiq mehnati o‘laroq, dunyo “YApon mo‘‘jizasi”ning guvohi bo‘ldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy ta’limotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi asosida tashkil etildi. YOshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutish o‘rgatib borildi.

AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning ma’naviyatini o‘rgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, millatning ma’naviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblashadi. SHu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U.Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa, amerikancha orzu – uning qalbidir“ degan edi. Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar tarbiyasiga quril di. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. YOshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda.


Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.Ilgari milliy g‘oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g‘oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko‘zlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni ko‘rar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto‘g‘ri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. CHunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qo‘porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy g‘oya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda.

Ilgari milliy g‘oya ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablag‘i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy g‘oya gumanitar masala bo‘lib qolmaydi. CHunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy g‘oya ro‘yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Demokratiya – to‘g‘rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zo‘ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. SHu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. CHunki milliy g‘oya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi bo‘lsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy g‘oya ham quruq shiorlar bo‘lib qoladi. Xalq norozi bo‘ladi. Xalq norozimi, demak, milliy g‘oya o‘z bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g‘oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g‘oyani har bir o‘zbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. YAxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo‘l ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib to‘ldirishga alohida e’tibor qaratmog‘imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-yomon fikrlardan ta’sirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g‘oyalar kurashi ekanligini anglamaymiz.
2. Yangilanayotgan O‘zbekiston: “Harakatlar strategiyasi” xalqchil, demokratik davlat va jamiyatni shakllantirish yo’lida.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o’ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o’sishini, inflyatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida:


1. Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash amaliyoti va ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

2. Quyidagilar:

2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya muvofiq;

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar muvofiq tuzilsin.

3. Belgilab qo’yilsinki:

Harakatlar strategiyasini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo’nalishi hisoblanadi;

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

4. 2017 yil O’zbekiston Respublikasida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.