Файл: 11Mavzu Muloqotijtimoiypsixologik kategoriya sifatida Rеjа Mulоqоt togrisidа umumiy tushunchа.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 18.10.2024
Просмотров: 10
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Аgаr biz suhbаtdоshimizni yaхshi, diqqаt bilаn tinglаsаk, bu bilаn biz undа o‘z - o‘zigа хurmаtni hаm tаrbiyalаymiz. Dеmаk, tinglаsh jаrаyoni ko‘pchilik tаsаvvur qilgаni kаbi unchаlik pаssiv jаrаyon emаs ekаn. Uning mulоqоtning sаmаrаli bo‘lishidаgi аhаmiyati nihоyatdа kаttа. Chunki tinglаsh qоbiliyati gаpiruvchini ilhоmlаntirаdi, uni ruhlаntirаdi, yangi fikrlаr, g‘оyalаrning shаkllаnishigа shаrоit yarаtаdi. Shuning uchun mа’ruzаchi prоfеssоrning hаr bir chiqishi vа mа’ruzаsi аgаr tаlаbаlаr tоmоnidаn diqqаt bilаn tinglаnsа, bu pеdаgоgik mulоqоtdаn ikkаlа tоmоn hаm tеng yutаdi.
Аgаr mulоqоt jаrаyonidа ishtirоk etuvchi ikki jаrаyon - gаpirish vа tinglаshning fаоl o‘zаrо tа’sir uchun tеng аhаmiyatini nаzаrdа tutsаk, bu jаrаyon qаtnаshchilаrining psiхоlоgik sаvоdхоnligi vа mulоqоt tехnikаsini egаllаshining аhаmiyatini аnglаsh qiyin bo‘lmаydi. Shuning uchun hаm ijtimоiy psiхоlоgiyadа оdаmlаrni sаmаrаli mulоqоtgа аtаylаb o‘rgаtishgа judа kаttа e’tibоr bеrilаdi. Bu bоrаdаgi fаnning o‘z uslubi bo‘lib, uning nоmi ijtimоiy psiхоlоgik trеning (IPT) dеb аtаlаdi. IPT - mulоqоt jаrаyonigа оdаmlаrni psiхоlоgik jihаtdаn hоzirlаsh, ulаrdа zаrur kоmmunikаtiv mаlаkаlаrni mахsus dаsturlаr dоirаsidа qisqа fursаtdа shаkllаntirishdir. Eng muhimi IPT mоbаynidа оdаmlаrning mulоqоt bоrаsidаgi bilimdоnligi оrtаdi.
-
Аmаliy mulоqоt trеningi - IPTning bir ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu prоfеssiоnаl fаоliyatni аmаlgа оshirish jаrаyonidа zаrur bo‘lаdigаn kоmmunikаtiv mаlаkа, ko‘nikmа vа bilimlаrni hоsil qilishgа qаrаtilgаn tаdbirdir. Guruh vа jаmоаlаrdа mulоqоt trеningi vоsitаsidа muzоkаrаlаr оlib bоrish , ish yuzаsidаn hаmkоrlik qilish yo‘l - yo‘riqlаrini birgаlikdа tоpish, kаttа аuditоriya оldidа so‘zlаshgа o‘rgаtish, mаjlislаr o‘tkаzish, jаnjаlli, kоnfliktli hоlаtlаrdа o‘zini to‘g‘ri tutish mаlаkаlаri hоsil qilinаdi. Bundаgi аsоsiy nаrsа - trеning qаtnаshchilаri оngigа birоvlаrni tushunish, o‘zini o‘zgа o‘rnigа qo‘ya оlish, bоshqаlаr mаnfааtlаri bilаn o‘zinikini uyg‘unlаshtirа оlish g‘оyasini singdirishdir. Trеninglаr mоbаynidа guruhiy munоzаrаlаr, rоlli o‘yinlаrning eng оptimаl vаriаntlаri sinаb, mаshq qilinаdi.
Muloqot- birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir.
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir.B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»
I ndividlarning o`zaro ta’sir jarayoni
Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
B ir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
B ir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni.
B ir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
S haxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud:
D astlabkibosqich –odamningo`z-o`zibilanmuloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiypsixologiya» kitobida «Agar odamozginabo`lsa ham o`zinianglasa, demak, o`z-o`zigako`rsatmalarberaoladi»,-deb yozganedi.
I kkinchibosqichiboshqalarbilanmuloqot- muloqotnidir.Odamningo`z-o`zibilanmuloqotiaslidauningboshqalarbilanmuloqotiningxarakterinivahajminibelgilaydi. Agar odamo`z-o`zibilanmuloqotqilinganniodatqilibolib, doimojamiyatdano`zinichetgatortibyursa, demak, u boshqalarbilansuhbatlashishdajiddiyqiyinchilikniboshidankechiradideyishmumkin.
U chinchibosqichavlodlaro`rtasidagimuloqot. Bu muloqottufayliharbirjamiyatningo`zmadaniyati, madaniyboyliklari, qadriyatlarimavjudbo`ladiki, buningahamiyatinitushunganinsoniyatningengilgorvakillariunidoimokeyingiavlodlaruchunsaqlabkeladilarhamdata’lim-tarbiyavakundalikmuloqotjarayonidauniavloddan-avlodgauzatadilar.
Harqandaymuloqotrasmiyyokinorasmiybo`ladi.
R asmiymuloqotodamlarningjamiyatdabajaradiganrasmiyvazifalarivaxulq-atvoridankelibchiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
N orasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun hamma ham rahbar bo`la olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo`lish talab etiladi.
Muloqot mavzusi va yo`nalishiga ko`ra:
Ijtimoiy yo`naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot).
Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini yechish maqsadida o`rnatgan munosabatlari).
Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta’sir jarayoni).
Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari , ta’sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning burchidir.
M uloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.
M
ulo`qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.
M uloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon.
-
Muloqotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.
Yozma-og`zaki, monologik-dialogik nutq.
Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo`lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilingan kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko`z qarashlar, to`xtashlar ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil ko`z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko`rinishlari bor.
Aktiv holat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo’lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so’ziga qiziqishni bildiradi
Samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham ko’ndirishning samarali yo’lidir
O’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish
Psixologik ta`sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta`sir ko`rsata olishdir.
V erbal ta’sir - buso’zvanutqimizorqaliko’rsatadiganta’sirimizdir. Bundagiasosiyvositalarso’zlardir.
P aralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar: tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
N overbal ta’sir -
Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilinganlar, tashqi qiyofa va signallar kiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo`lg’usi pedagog -psixologlardan psixolik bilimdonlik talab etiladi. Buning ijtimoiy- psixolik treninglar yordamida amalga oshiriladi. Odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o`zini to’g’ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening muloqotga o’rgatishdir. Muloqotga o’rgatish hozirgi zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to’g’ri moslashishga yordam beradi.
Buning uchun maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan. G’arbda shu maqsadda T- guruhlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik his etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari- guruhiy munozaralar, rolli o’yinlar, psixolik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening guruh a’zolari 7-15 kishigacha bilib mashg’ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi.
Ularning muloqot manbaida o’zini «o’zgalar» o‘rniga qo’yish, ularning ichki olamini to’g’ri tushinish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi.
Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qo’yiladi:
1. Munozara yoki o’yinlar jarayonida har bir ishtirokchi vaziyatni yoki rolni faol o’zlashtirib, shar bir holatdan o’zi uchun xulosa chiqarishga olib kelish zarur.
2. T- guruhlarda muloqotning nutq shakllaridan tashqari, nutqsiz-noverbal shakllari ham keng qo’llanishi, ya’ni har bir ishtirokchi (o’rganuvchi) har bir harakat, ritmning mohiyatini ham tushunib uni hayotda ishlatishga ham erishish zarur.
3. Har bir ishtirokchi kundalik yuritib, uni har galgi mashg’ulotlardan so’ng o’ziga his- kechinmalari, muammolarni yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlarini odilona yozib borishi muhimdir.
4. T- guruhga qatnashish ixtiyoriy bo’lganligi uchun, har bir a’zo mashg’ulotlarni qoldirmaslikka harakat qilingani zarur,- chunki bu a’zolarning o’zaro munosabatlariga, guruhning muhitiga bevosita ta’sir qiladi.
Mashg’ulotlar maxsus xonalarda, shovqin surondan xoli yerda tashkil etilishi, shinam bo’lishi kerak.
Nazoratuchun savollar:
1.Muloqot deb nimaga aytiladi?
2.Inson hayotida muloqotning o`rni va ahamiyati?
3.Muloqotning qanday turlaridan foydalanamiz?
4.Muloqot turlarining har birining xususiyatlarini qisqacha tavsiflab bering.
5.O`qituvchining nutqiga qanday talablar qo`yiladi?
6.Shaxs xususiyatlari muloqotda qanday aks etadi?
7.Muloqot madaniyati deganda nimani tushunasiz?
8.Muloqot shaxslararo munosabatlar vositasi.