Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 16.10.2024
Просмотров: 74
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
-
kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’- minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; -
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish; -
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’min- lash; -
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish; -
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbar- dosh mahsulotlarni ishlab chiqarish; -
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish; -
kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish; -
iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi va joriy etildi. Ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy korxonalar to‘g‘risida, kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi to‘g‘risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo‘jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi.
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlar, ularning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi. Qabul qilingan qonunlar amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iboratdir.
„Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz - tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak bo‘lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi“.
(Islom Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., „O‘zbekiston“, 1995, 97- bet.)
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, ularni samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.
Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari yaratildi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda birjalar alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq „Respublika ko‘chmas mulk birjasi“, „Tovar xomashyo birjasi“, „Toshkent fond birjasi“ tashkil etildi. Bu tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991-2000 yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“, „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi qonunlarda banklarning maqomi va faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qiluvchi maqomga ega. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi. Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat ko‘rsatdi. Viloyat, shahar va tumanlarda aholiga xizmat qiluvchi minibanklar ochildi. Minibanklar soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari qo‘yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda banklar faol qatnashmoqdalar. Tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati, moliya bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. To‘lovlarni naqd pulsiz plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish tizimi yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996 yilda paydo bo‘ldi. 2011 yilda muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani tashkil etdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida plastik kartochkalariga xizmat ko‘rsatadigan terminallar soni 86 mingtaga yetdi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi „Kafolat“, „Agrosug‘urta“, „O‘zbekinvest“ kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002 yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha sug‘urta xizmati ko‘rsatmoqdalar. „Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunningqabul qilinishi (2002), Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari ko‘rildi. Respublika „Mehnat birjasi“ va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish, ularni kasbini o‘zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. 1993 yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2000 yilda faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001 yilda esa 372 mingta, 2002 yilda 370 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq, narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining „Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida“ gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi va unga amal qilinmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xiz-mat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor infratuzilmasi yaratildi.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o’sish
Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deb qabul qilindi.O‘zbek modeli ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.
Ma’lumki taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta mulkdorlar tabaqasining paydo bo‘lishi demakdir. Bu borada qator qonunlar qabul qilindi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, dastlabki kezlarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi dastlabki normativ-huquqiy normalari va qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu borada ayniqsa 1991 yil 18 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Albatta, ushbu qonunning qabul qilinishi sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina 1992-1996 yillarda davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdolar sinfini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlar qo‘yilganligini anglatar edi. Amalga oshirilgan dastlabki islohotlar natijasida 1991-1996 yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish sohalari, matlubot jamiyati ob’ektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, o‘rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal davom ettirildi.
Bu borada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq iqtisodiyotda tub sifat o‘zgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, ya’ni xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995 yilda sanoat mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi. Barcha kapital mablag‘larning 44 foizdan ortiqrog‘i uning hissasiga to‘g‘ri keldi. 2000 yilgacha xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 64 foizi ana shu sektorda mehnat qilgan.
Bu esa o‘sha kezlarda bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga e’tibor qaratishni taqoza etar edi. Ayniqsa endigina bozor psixologiyasi odamlar ongida shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada birinchi navbatda maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi kichik korxonalarni ochish zarur edi.
Respublika o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes fond, 1995 yil iyul), «Madad» sug‘urta agentligi (1995 yil 26 iyun), O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996 yil mart) hamda ularning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, «Hunarmand» uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi tashkil etildi.
Ammo o‘sha kezlarda sohada qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ularning mvjud holati bir necha yillar taraqqiyotga to‘siq bo‘lib keldi. Xususan, 1999 yil 1 iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tarkibida kichik va o‘rta korxonalar salmog‘i kommunal xo‘jalikda 42,9%, maishiy xizmat sohasida 85,0%, qurilishda 89,3%, qishloq xo‘jaligida 89,9%, sanoatda 93,5%, savdoda 95,3%, umumiy tijoratda 96,6%ni tashkil etgan bo‘lsada, amalda esa ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar ulushi 20% ni tashkil etgan xolos. Qolganlari esa turli sabalar bilan yopilib ketgan bo‘lib, buni quyidagi misollar ham tasdiqlaydi.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, respublika bo‘yicha 1996 yilda tashkil qilingan 7400 kichik korxonadan 20%, 1998 yili esa 3700 ta korxonadan 70% tugatilib ketgan. SHu boisdan ko‘pgina tadbirkorlar faoliyat bilan shug‘ullanishdan sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qo‘yib, uni oxirigacha etkazmasdan, javobgarlikni davlatga tashlab qo‘yganlar. Masalan, 2000 yilning o‘zida faqat Toshkent shahar bo‘yicha tugatish jarayonida turgan kichik biznes sub’ektlari 4666 ta bo‘lib, ulardan 54,7% yoki 2552 tasida ta’sischilar bo‘lmagan. Tugatilish holida turgan jami korxonalardan tugatilganlari 25,6% ni tashkil qilgan yoki 1194 ta bo‘lgan.
Ushbu muammolarni to‘g‘ri anglagan va unga tanqidiy asosda yondoshgan Prezident SHavkat Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “YUrtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada rivojlanmayapti ? CHunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari ko‘p. Ochig‘ini aytganda tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o‘zimiz, davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapmiz. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartib-tamoyillar hamon saqlanib qolmoqda, joylarda ko‘pgina amaldorlar faqat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab ish ko‘rmoqda. Bundan buyon bu sohani qo‘llab-quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi”, deya qayd qilganligi bejiz emas, albatta.
1998 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. 2001 yil 22 avgustda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil etildi. Kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga Respublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «O‘zulgurjisavdo» orqali moddiy-texnika resurslari sotildi.
Mustaqillik yillarida soha rivoji tahliliga ko‘ra yana raqamlarga murojaat etilsa, 2003 yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash manzilgohlarida ko‘plab kichik va o‘rta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003 yilda 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa puli tayinlangan. 180 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 milliard so‘m miqdorida moddiy ko‘maklar berilgan. 2003 yilda 25 mingdan ziyod yolg‘iz pensioner va nogironlarga 630 million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.
S
Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati
o‘ngi yillarda joylarda kichik korxonalar ochish va fermer xo‘jaliklarida ish bilan band aholi soni ham yil sayin ortib, 2007 yildagi 2094,2 ming kishidan 2011 yilda 2338,4 ming kishiga yoki 11,6 foizga ko‘paygan. Respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan band bo‘lgan aholi soni yil sayin ortib bormoqda. 2007-2011 yillarda respublika bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan.
Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994-yilda barpo etilgan O‘zbekiston—Isroil «O‘zIsmash» qo‘shma korxonasida paxta terish mashinalarining go- rizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasoz- ligining eng yangi yutug‘i, deb e’tirof etildi.
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993—1996-yillarda Asaka shahrida «Uz-DAEWOOavto» zavodi barpo etildi va «Damas», «Tico», «Nexia» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 64.9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004-yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «Uz-DAEWOO» zavodida 1999—2003-yillarda «Matiz», «Lacetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «Uz-DAEWOOavto» zavodi 10 yil (1996—2006-yil iyun) davomida 571 580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198 609 tasi xorijga eksport qilindi.
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixti- soslashgan «SamKochavto» zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000-yilda «SamKochavto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.
Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqa- ruvchi o‘nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib ishga tushirildi. Hozirgi paytda «Uz-DAEWOO» zavodi uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarning 60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.
2007-yilda «O‘zavtosanoat» uyushmasi bilan AQSHning General Motors kompaniyasi o‘rtasida GM—Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012-yilning 20-mart kuni «GM—Uzbekistan» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan «Chevrolet Malibu» avtomobilla- rining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2009-yildan Germaniyaning «MAN Nutzfahrzeuge AG» konserni hamkorligida «MAN Avto—Uzbekistan» qo‘shma korxonasi tashkil etilib, «MAN» yuk mashinalari ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga tushirilgan «SamKochavto» zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari — Toshkent traktor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavo- di va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor zavodida
2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘l- sa, hozirgi paytda yiliga 3,5—4 ming donagacha traktor, minglab tir- kamalar ishlab chiqarilmoqda.
1
Gaz va yengil sanoat
995-yil oktabr oyida O‘zbekiston bilan AQSHning «ABB Lummus Global» kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Qurilish ishlari 1997-2001 yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishiga 1 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya o‘zlashlirildi. 2001-yil dekabrda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yengil va to‘qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bor- moqda. Janubiy Korea ishtirokida paxtani qayta ishlovchi «Qabul—O‘zbekKO», «Kosonsoy—Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to‘qimachi», «Qabul—FerganaKO», «Oqsaroy to‘qimachi» qo‘shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004-yilda 17 ta yengil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o‘rinlari yaratildi. Agar 1991-yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda bu ko‘rsatkich 28 foizga yetdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmi ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshan—Newmont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko‘plab korxonalar bunyod etildi.
I
Iqtisodiyotda barqaror yuksalish
qtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991—2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1990-yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini
-
foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan boshlab barqaror o‘sish ta’minlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 100 foiz deb olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 2010-yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli dara- jada ko‘paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991—1995-yillarda pasayib bordi, 1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekistonda
2000-yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo‘yicha) 1990-yilga nisbatan 1,3 marta, 2010-yo‘lda esa 3,4 marta o‘sishiga erishildi.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgan mamlakatdir. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’atlari so‘nggi 11 yil — 2005—2015-yillar davomida 8 foiz- dan yuqori bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi oshdi, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi.
Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgarib, aholi turmush saviyasi o‘sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi salmoqli darajada o‘sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming kilometr gaz tarmog‘i (shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida), 2 ming kilometrdan ziyod ichimlik suv tarmog‘i (shundan 1,9ming kilometri qishloq joylarida) ishga tushirildi.
Jahondagi yetakchi kompaniyalarning havo kemalari bilan ta’- minlangan O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqalarini o‘rnatgan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsarmoqda.
Tadbirkorlik sub’ektlarining faol qo‘llab quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008 yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009 yilda 50,1 foizni, 2010 yilda 52,5 foizni, 2011 yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 23 foizga o‘sgan. 2010-2016 yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 3,9 foizga ortgan.
2017 yilda esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 minga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256, 4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishiladi.
3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Agrar islohotlar.
Qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. Agar mamlaktimizda fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat qilinsa, fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan edi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tar- kibini takomillashtirishga e’tibor berildi. Xo‘jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar. Respublikada don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo‘li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘sdi.
Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyoriash yo‘li izchillik bilan amalga oshirildi. Agar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tayyorlagan bo‘lsa, 2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yilda 8 mln 50 ming tonnalik g‘alla xirmoni tayyorlandi. O‘zbekiston
YAqin tariximizda bu borada chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «CHorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida», 1995 yil 24 martdagi «CHorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga ko‘ra, 1995 yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi.
Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yiliqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta e’tibor qaratildi. Natijada 1990 yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga e’tibor qaratilib, 2000 yilga kelib ular tasarrufidagi erlar 632,2 ming gektarga, 2010 yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan.
Vaholanki 1990 yilda O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar maxsus shirkatlar, qorako‘lchilik fermalariga tegishli er maydonlari 3 mln 974 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib ularning erlari fermer xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yirklashtirilishi natijasida 2010 yilda umumiy er maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklar erlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi.
2000 yilllardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi barqaror va muntazam tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va 2003 yil 27 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan.
Agar 2001 yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib 189235 birlikka etgan, yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik o‘sishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xo‘jaligi negizida 22 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Respublikamizda fermerlikning kelgusidagi rivojlanishi va yangi imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000 yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. Puxta o‘ylangan dastur asosida 2008-2010 yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga ko‘ra fermer xo‘jaliklarining er maydonlari hajmi kamaytirildi. Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2011 yil yakuniga ko‘ra, respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha er maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan er maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan.
Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Chunki, respublika aholisining 62%
qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida YaIMning 30 foizi, mamlakat valuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shim- cha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhum yo‘nalishlari to‘grisida»gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. Farmonga binoan 2003—2007-yillar- da shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida fermer xo‘jalikla- ri tashkil etildi. 2007—2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi.
Qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi — bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnat asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5 millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish subektlariga aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi.