Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 16.10.2024
Просмотров: 76
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish va manzilli yordamni kuchaytirishga quyidagilar hisobidan erishish rejalashtirilgan:
-
amal qilayotgan imtiyozlar va nafaqa to‘lovlari tizimini tartibga solish, manzilli xarakterga ega bo‘lmagan imtiyozlarni, avvalambor, ayrim professional guruhlarga taqdim etiladigan imtiyozlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish va shuning hisobidan ko‘proq ehtiyoj sezayotgan oilalarga imtiyozlar hajmini oshirish; -
natural ko‘rinishda beriladigan imtiyozlarni tegishli pul to‘lovlari bilan almashtirish jarayonini tugallash; -
norasmiy sektorda tadbirkorlik faoliyatidan, shuningdek pul o‘tkazmalari hisobidan daromad olayotgan oilalarni chiqarib tashlash yo‘li bilan moddiy yordamga muhtojlik sezayotgan oilalarni aniqlash usulini takomillashtirish. Tejab qolingan mablag‘lar eng muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun qayta yo‘naltiriladi; -
joylarda muhtojlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mablag‘larni ijtimoiy himoyaning ayrim moddalari o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda davlat organlari mustaqilligini kengaytirish; -
o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lovlari to‘lashni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish; -
aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, xayriya tashkilotlari va homiylarning mablag‘larini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va qamrovini oshirishga imkon beradi; -
ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo‘naltirish; -
minimal ijtimoiy standartlarni, jumladan, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda, hisob-kitob qilish usulini takomillashtirish; -
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari, avvalambor, talab qilinmagan mehnat salohiyatiga ega, kam ta’minlangan oilalarni kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish.
Aholi farovonligini oshirishda bandlik masalasining o‘rni katta. Bugungi kunda mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratayotgan ish beruvchilar rag‘batlantirilmoqda, ularga soliq, kredit va boshqa masalalarda imtiyozlar berilmoqda; mehnat bozorida ishchi kuchi sifati va raqobatdoshligini oshirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda; aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo‘lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda rivojlantirilmoqda; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifalari moddiy qo‘llab-quvvatlanmoqda, ular uchun ish o‘rinlarini kvotalash tartibi yo‘lga qo‘yildi; davlat va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migratsiyani tartibga solishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash maqsadida har yili yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Jumladan, 2013 yilda 972,7 mingta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Bu ish o‘rinlari yangi yirik sanoat ob’ektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni bundan buyon ham rag‘batlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini, shu jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini kuchaytirish hisobidan tashkil etiladi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy soha etarli darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tog‘li, chegara hududlarda joylashgan 28 ta olis tumanga alohida e’tibor beriladi. 2013 yilda bu hududlarda kamida 126 mingta yangi ish o‘rni yoki 2012 yildagidan besh foiz ko‘p ish o‘rni tashkil etilgan.
2. O’zbekistonda ijtimoiy islohotlarining yangi bosqichiga ko‘tarilishi.
2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining yangi Prezidenti etib saylandi. Ushbu siyosiy voqea davlatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. O‘zbekiston va uning xalqi demokratik, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ydi.
Prezident SHavkat Mirziyoev o‘z rahbarlik faoliyatini xalq bilan muloqot va inson manfaatlariga e’tibor berishdan boshladi. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida etilib qolgan ko‘plab muammolarni hal qilish, xususan korrupsiya, rahbarlar faoliyatiga tanqidiy tahlil asosida yondashish, har bir rahbarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, xalqning dardu- tashvishlari bilan yashash, oddiy insonlar murojaatlari bilan ishlash tizimini shakllantirish, inson omiliga e’tibor masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa joylarda xalq bilan ishlashning eng ta’sirchan mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonalari”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining Virtual qabulxonalari” tashkil etildi. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya kundalik ish mezonimizga aylandi14.
2017 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Farmonda belgilangan strategiya loyihasi va unda ko‘zda tutilgan muhim strategik masalalar respublikamiz ekspertlari hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi.
Strategiya loyihasi o‘ta dolzarb, ya’ni aholinining turmush tarzini yanada yaxshilash masalalarini kompleks o‘rganish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, mamlakatda qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan edi. Harakatlar strategiyasini kelajakda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish ko‘zda tutildi. Ular quyidagilar:
Birinchi ustuvor yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish, xususan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
Ikkinchi ustuvor yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
Uchinchi ustuvor yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalishda mamlakatda ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Beshinchi ustuvor yo‘nalishda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi muhim vazifalar belgilandi.
Ma’lumki so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Inson va uning manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bu, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. YA’ni davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga e’tibor qaratdi.
Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan dastur bu ikkinchi yo‘nalish hisoblanadi. YA’ni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish belgilab berildi. Uning muhimligi shuningdek sud tizimini isloh qilish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.
Uchinchi ustuvor yo‘nalish, strategik dasturning yana muhim ustuvor jabhasi bu, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishni ko‘zlaydi. Strategiyada xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish masalalari ham keng o‘rin olgan.
To‘rtinchi muhim ustuvor yo‘nalish etib belgilangan keyingi masalalar ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish inson manfaatlariga yo‘naltirilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Una barcha ijtimoiy sohalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ham belgilandi.
Beshinchi ustuvor yo‘nalish bu, davlatimiz xavfsizlik tizimi, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash beshinchi ustuvor yo‘nalishda belgilab berildi.
2017 yildan e’tiboran barcha sohalarda davlatimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Barcha sohalarda keng ko‘lamli qayta qurish va islohotlarning yangi davri boshlandi. O‘zbekiston tubdan yangilana boshladi. Barcha rahbarlar faoliyati qaytadan ko‘rib chiqildi, tanqidiy tahlil qilindi, ularga xalq oldida shaxsiy javobgarlik yuklandi. Asosiy e’tibor ancha yillar mobaynida etilib qolgan masalalarni hal qilish, xalq manfaatlari va muammolarini hal qilishga qaratildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yangicha islohotlar va taraqqiyot omillari. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichiga kirdi. CHunki, bu davr yutuqlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish hamda mamlkat taraqqiyotining strategik omillarini belgilab bergan davr sifatida tarixga kirdi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2017 yilning “”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb
e’lon qilinishi natijasida, shu yilning iyul-dekabr oylari davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga “Sayyor qabullar” uyushtirilgan.
Ochiq muloqotlarda 58 mingdan ortiq fuqaro va tadbirkorlardan turli masalalarga oid 32 ming 176 shikoyat, ariza va takliflar o‘rganilgan. E’tiborli tomoni shundaki, murojaatlarning eng ko‘pi, ya’ni 8 mingdan ziyodi, yoki 25 % asosan tadbirkorlarning bank kreditlari bilan bog‘liq muammolardir. Huquqni muhofaza qilish sohasi bilan bog‘liq muammolar 7 mingdan ortiq-22%, bandlik va ish haqi to‘lovlari 3 ming 973 ta-12 %, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar 3 ming 350 ta-10%, odamlarga uchastka va uy joy ajratish 2 ming 473 ta-8 % ni tashkil etgan.
2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash” deb e’lon qilinishi natijasida mamlakat farovonligi va taraqqiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlik sohalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hozirgacha tadbirkorlarga tegishli murojatlarning 96 foizi, ya’ni 30 ming 876 tasi hal etilgan. Ulardan 8 ming 326 tasi sohalar faoliyatiga oid taklif va tavsiyalardan iborat.
Masalan, mamlakat miqyosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2017 yilning 1 aprel holatida 4,6 trln so‘mni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich 2016 yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. Uning 1 trln so‘mini mikrokreditlar tashkil etadi, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p bo‘lgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohalarini traqqiy ettirish, fermerlikni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish masalalari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘rsatib berilganligi ushbu sohalar rivojiga davlat ahamiyati darajasida e’tibor qaratilayotganligining tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan mamlakatda “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra uzoq yillar og‘ir ahvolga tushib qolgan, hatto yashash uchun oddiy sharoitlar ham bo‘lmagan qishloqlarni tubdan yangilashga kirishildi. Xususan, 2018 yil fevraldan boshlab Jizzax viloyati, Dstlik tumanidagi “Manas”, Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi, “Xovosobod”, Samraqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Jom” qishloq fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli yangitadan qurilish va bunyodkorlik ishlari tufayli aholiga topshirildi. Ular namunali qishloqlar sifatida yangilangandan so‘ng, ushbu tajriba respublikaning har bir tumanida har yili 2 va 3 tadan qishloqlar “Obod qishloq dasturi” asosida yangilandi. Ushbu tajriba asosida 2018 yil iyun oyidan e’tiboran “Obod mahalla dasturi” Toshkent shahri misolida ommalashtirla boshlandi.
“Obod qishloq dasturi” doirasida 2018 yilda mamlakatimizning 174 ta tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini kompleks ravishda yangilash ko‘zda tutilgan. Belgilangan ishlarga 3 trillion 40 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. SHu yilning 1 aprelidan boshlab har bir tumanda 2 tadan, 2019 yildan esa 3 tadan mahalla tubdan yangilanadi.
2018 yil 1 apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi” vakillari joylarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida Namangan viloyati Pop, Kosonsoy tumanlarida, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida, Farg‘ona shahri va Quva tumanida, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Jizzax shaharlarida bo‘lishib, aholini qiynayotgan va “Xalq qabulxona”lariga kelib tushayotgan shikoyatlar echimi yuzasidan sayyor reydlar uyushtirilib ko‘pgina muammolar o‘sha erlarning o‘zida hal etilgan.
2017 yilda esa respublikada 789,5 mingta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, bu borada hali echimini kutayotgan muammolar mavjudligi Prezident SHavkat Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli risolada o‘z aksini topdi. Unda qayd etilishicha yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, 2016 yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan deya uqdiradi Prezident.
Qayd etib o‘tilgan ijtimoiy himoyaga oid masalalar orasida aholini uy-joy bilan ta’minlash ham dolzarb masalalar sifatida e’tirof etiladi. SHu boisdan Prezident SHavkat Mirziyoev “... faqat raqamlar ortidan quvish oqibatida bu boradagi ishlarni ham hali ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi, deya qayd etadi. Aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap. Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdik”, deydi. SHahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz.
2017 yil 22 dekabrda Prezident SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek “biz keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni boshladik. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashayotgan va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyojini hisobga olib, biz arzon va sifatli uy-joylar qurish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiramiz, deya o‘z fikrini bayon etadi Prezident.
SHu maqsadda 2018 yilda namunaviy va arzon uy-joylar qurish ko‘lamini joriy yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘paytirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan”15. Demak, bu borada joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z navbatida yosh oilalar bilan ishlash tizimini kuchaytirishlari maqsadga muvofiq.
Mahalliy hokimliklar huzurida “Obod qishloq” maqsadli jamg‘armalari tuzilib, byudjet, tarmoq korxonalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar grantlari, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari, xasharlar va xayriya tadbirlari aynan shunga yo‘naltiriladi. “Obod mahalla” dasturi doirasida 2018 yil barcha manbalar hisobidan 3 trillion 40 milliarda so‘mdan ziyod mablag‘ ishonchli va muntazam rashishda yo‘naltirilgan. Ushbu loyihalarning me’moriy va texnik jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida 190 ga yaqin tajribali va malakali loyiha institutlar jalb etilishi belgilanib, arzon, sifatli qurilish materiaallari, ishlab chiqaruvchilar uchun elektr energiyasi va gaz etkazib berishda pereferensiyalar nazarda tutildi16.
Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini tubdan isloh qilish borasida Prezident SHavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilganidek, “Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Przident SHavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda “...endi bironta fuqaro qalbaki dalillar, tuhmat va bo‘htonlar asosida javobgarlikka tortilmasligi shart.