Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 16.10.2024
Просмотров: 73
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Konstitutsiya va qonun normalari so‘zsiz ishlashi uchun ishonchli kafolatlar yaratishimiz zarur”17.
Prezidentimiz sud, milliy xavfsizlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishiga faqat va faqat xalqimizning o‘zi baho berishini, ular uchun yagona va eng qattiq talab – bu fuqarolarning qonuniy manfaatlariga xizmat qilish va ularning huquqlarini har qanday holatda ham himoya qilishdan iboratligi aytildi. Eng asosiysi, biz bir idora qo‘lida barcha vakolat va resurslar to‘planib qolishiga, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati prinsipi buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarurligi uqdirildi.
Inson omiliga e’tibor, ularning huquqlarini ta’minlash borasida birgina Inson omiliga e’tibor, ularning huquqlarini ta’minlash borasida 2017 yilda yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan 1100 dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi, mamlakatimzning so‘ngi 26 yillik tarixida ilk bor 2700 ga yaqin fuqarolar Prezidentimiz Farmoniga muvofiq avf etildi.
2017 yilning 22 dekabrida Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev Parlamentga qilgan Murojaatnomada, biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylandi.
Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy echimi bilan shug‘ullanishi zarur.
SHu ma’noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan yil bo‘ldi. Bu tizimning asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o‘zini oqlamoqda, degan edi Prezidentimiz. YUrtimizda so‘nggi yillarda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu o‘zgarishlar inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, odil sudlovga erishish, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. 2018 yilda ushbu yo‘nalishda ko‘pgina ishlar qilindi. Jumladan, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish maqsadida profilaktika inspektorlari uchun 6 yarim mingdan ziyod xizmat uylari, 1 ming 100 ta shaxsiy uy-joy, 7 mingta shaxsiy avtomobil berildi. SHu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlari uchun ham 1 ming 800 ta uy-joy quriladi. 2018 yilda 3 ming 205 ta mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmagan, deya qayd qiladi Prezidentimiz 2018 yil 28 dekabrda qilgan Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
So‘ngi uch yil ichida Mahalla va Fuqarolar yig‘inlari tizimida ham ulkan islohotlar boshlandi. Ayniqsa ushbu tuzilmalar 2018 yildan e’tiboran o‘z faoliyatining yangi davriga qadam qo‘ydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Vaholanki, mahallaning fuqarolik jamiyati qurish sharoitidagi o‘rni, shubhasiz uning jamoatchilik tuzilmalari bilan faol hamkorligidir. 2018 yil 15 fevralda Hukumatning “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra endilikda mahalla fuqarolari yig‘inlari huzuridagi “YArashtirish komissiyasi” ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston mumsulmonlari idorasi, “Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya”siga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi biriktirildi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarining “Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi”ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Voyaga etmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya”ga O‘zbekiston YOshlar ittifoqi, Ichki ishlar va Xalq ta’limi vazirliklari, jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi, “Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyasi” ga Savdo sanoat palatasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi hamda tijorat banklari, “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasiga” Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologiya harakati, “Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi” O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yaqindan ko‘mak beradi.
Fuqarolar yig‘inlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat kengashiga Savdo sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Hunarmand uyushmasi” va tijorat banklari biriktirilgan. “Ota-onalar universiteti» ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Nuroniylar jamoatchilik kengashi” ga Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, “Qaynonalar kengashi” ga O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasiga ichki ishlar vazirligi amaliy ko‘mak berishi belgilangan.
Bugungi demokratik jamiyat qurish sharoitida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni ham katta bo‘lmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda “Nuroniy” jamg‘armasi, YOshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi.
YOshlarni kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish, “Ta’lim oluvchi”, “Davomat” kabi tezkor tadbirlar, “Futbolimiz kelajagi”, “Ota onam va men-sportchilar oilasi” kabi tadbirlar, “Har bir oila tadbirkor” tamoyilini keng joriy etish borasida ham talay muammolar mavjud. Ushbu muaammolarni hal etishda ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” gi farmoyishi va 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi qarori xalqimiz, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qildi18.
SHu maqsadda dastlab mahallalarda, so‘ngra tuman va viloyatlar miqyosida “Men sevib o‘qigan kitob”, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari o‘tkazildi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan 160 million so‘m ajratish ko‘zda tutildi19. Aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida Respublika “Kitob bayrami” o‘tkazila boshlandi.
3. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash va “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida qonun”
Prezident SHavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi va u 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan asosy maqsad korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘ldi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi.
Qonunning 3-moddasida korrupsiyaga doir asosiy tushunchalarga doir quyidagi ta’riflar ifodalandi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 2-modda.
Qonunning 5-moddasiga binoan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilandi:
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
Qonunning 7-moddasiga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari sirasiga quyidagilar kiritildi:
Bosh prokuratura;
Davlat xavfsizlik xizmati;
Ichki ishlar vazirligi;
Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti; Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Mazkur Qonunning 12-, 16-, 18- va 20-moddalari bevosita ta’lim tizimi jarayonida qo‘llanilishi mo‘ljallandi. Qonunning 16-moddasiga asosan davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rib borishlari lozim.
SHuningdek, Qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
- davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining mas’uliyatini kuchaytirish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Prezident SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda korupsiyaga qarshi kurashni samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. Uning 2-yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish vazifalarini o‘z ichiga olib, uning 4-bandida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish vazifalari qo‘yildi.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 mayda qabul qilingan farmonini ijro etish maqsadida Bosh prokuratura huzurida fuqarolarning, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qiladigan elektron tizim yaratildi va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tezligini ta’minlash maqsadida ushbu tizimga 34 ta idora, prokuratura organlarining viloyat va tuman bo‘linmalari ulandi. Har bir murojaatning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi on-layn rejimda nazorat qilinmoqda.
2016 yilning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatda korrupsiyaga barham berish sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 2017 yil 2 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli qarori mamlakatda korrupsiyaga barham berish va unga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etdi.
“2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiyaning asosiy vazifalpri sifatida quyidagilar belgilandi:
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
- korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
Prezident SH.M.Mirziyoev tomonidan 2016 yilning oxiridan boshlab davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashining tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, uning tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi, prokratura va sud-huquq tizimini isloh etilishi, Prezident va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojjatlarni tahlil etib borish qoidalarini o‘rnatilishi, mansabdorlar xizmatini oxirgi natijalariga qarab baholanishi qoidalarini o‘rnatilishi kabi chora-tadbirlar o‘z natijasini bera boshladi.
2017 yilning birinchi yarmida 1566 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1130 ta jinoi ish qo‘g‘atilib, ulardan 954 tasi (84,4 foizi) sudga oshirilgan. Lekin, bu davrda 2016 yilning birinchi yarmiga nisbatan sudga oshirilgan jinoi ishlar 22 foizga kamaydi. Korrupsiyaviy faoliyat tufayli keltirilgan zararning 77 foizi undirildi. 374 ta guruhlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar ochib tashlandi, 1330 ta korrupsiyaviy jinoyatlar aniqlandi.
2018 yil 19 fevralda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining bergan ma’lumotlariga binoan 2017 yilda 1426 ta korrupsiyaviy jinoyatlar fosh etilib, undan 171 tasi poraxo‘rlik, 109 tasi tovlamachilik, 517 tasi firibgarlik, 125 tasi noqonuniy valyuta aylanmasini amalga oshirish, 19 tasi soxta pullarni ishlab chiqish, 190 tasi davlat mulkini o‘g‘irlash va unga kamomad keltirish kabi jinoyat turlarini tashkil etdi. 2017 yilda jinoiy harakat qilganligi uchun 230 ta ichki ishlar organlari xodimlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 8000 ta xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Lekin, 2017 yilda 73.692 ta jinoiy ishlar fosh etilib, bu 2016 yilga nisbatan 15,7 foizga kamaygani ham qayd etildi.
Xulosa qilib aytganda, o‘tgan salkam ikki yil ichida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy huquqiy asoslari ishlab chiqildi, ular amaliyotda qo‘llana boshlandi. Muhimi, aholining Prezident va Xalq qabulxonalari vositasida yuz berayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarni davlat hokimiyati organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazish imkoniyati yaratildi.
Qo’shimcha ma’lumot
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan aholini ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish deb belgilandi?
2. Aholi daromadlari darajasini saqlash maqsadida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
3. Narxlar qanday tartibda erkinlashtirildi?
4. Kam ta’minlangan oilalar 1991-1994-yillarda qanday himoyalandi?
5. 1994- yilda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda qanday o‘zgarish yuz berdi?
6. O‘zbekistonda oila, bolalar, ayollarga qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi?
7. Aholi jamg‘armalarini himoya qilish yo‘lida qanday tadbir amalga oshirildi?
8. Mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash tizimida qanday islohotlar amalga oshirildi?
9. “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida qonun” qachon qabul qilingan?
10. Qonunning mohiyati asosan nimalardan iborat?
9-10 MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT
Reja:
1. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Òarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi.

-
aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish; -
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; -
korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.

korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash; -
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Prezident SH.M.Mirziyoev tomonidan 2016 yilning oxiridan boshlab davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashining tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, uning tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi, prokratura va sud-huquq tizimini isloh etilishi, Prezident va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojjatlarni tahlil etib borish qoidalarini o‘rnatilishi, mansabdorlar xizmatini oxirgi natijalariga qarab baholanishi qoidalarini o‘rnatilishi kabi chora-tadbirlar o‘z natijasini bera boshladi.
2017 yilning birinchi yarmida 1566 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1130 ta jinoi ish qo‘g‘atilib, ulardan 954 tasi (84,4 foizi) sudga oshirilgan. Lekin, bu davrda 2016 yilning birinchi yarmiga nisbatan sudga oshirilgan jinoi ishlar 22 foizga kamaydi. Korrupsiyaviy faoliyat tufayli keltirilgan zararning 77 foizi undirildi. 374 ta guruhlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar ochib tashlandi, 1330 ta korrupsiyaviy jinoyatlar aniqlandi.
2018 yil 19 fevralda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining bergan ma’lumotlariga binoan 2017 yilda 1426 ta korrupsiyaviy jinoyatlar fosh etilib, undan 171 tasi poraxo‘rlik, 109 tasi tovlamachilik, 517 tasi firibgarlik, 125 tasi noqonuniy valyuta aylanmasini amalga oshirish, 19 tasi soxta pullarni ishlab chiqish, 190 tasi davlat mulkini o‘g‘irlash va unga kamomad keltirish kabi jinoyat turlarini tashkil etdi. 2017 yilda jinoiy harakat qilganligi uchun 230 ta ichki ishlar organlari xodimlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 8000 ta xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Lekin, 2017 yilda 73.692 ta jinoiy ishlar fosh etilib, bu 2016 yilga nisbatan 15,7 foizga kamaygani ham qayd etildi.
Xulosa qilib aytganda, o‘tgan salkam ikki yil ichida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy huquqiy asoslari ishlab chiqildi, ular amaliyotda qo‘llana boshlandi. Muhimi, aholining Prezident va Xalq qabulxonalari vositasida yuz berayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarni davlat hokimiyati organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazish imkoniyati yaratildi.
Qo’shimcha ma’lumot
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan aholini ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish deb belgilandi?
2. Aholi daromadlari darajasini saqlash maqsadida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
3. Narxlar qanday tartibda erkinlashtirildi?
4. Kam ta’minlangan oilalar 1991-1994-yillarda qanday himoyalandi?
5. 1994- yilda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda qanday o‘zgarish yuz berdi?
6. O‘zbekistonda oila, bolalar, ayollarga qanday g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi?
7. Aholi jamg‘armalarini himoya qilish yo‘lida qanday tadbir amalga oshirildi?
8. Mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash tizimida qanday islohotlar amalga oshirildi?
9. “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida qonun” qachon qabul qilingan?
10. Qonunning mohiyati asosan nimalardan iborat?
9-10 MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT
Reja:
-
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi -
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bo’lgan e’tibor va tarixiy shaharlarimiz yubileylarining xalqaro miqyosda nishonlanishi -
Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi -
Mustaqillik yillarida sport sohasi taraqqiyoti -
O’zbekistonda millatlararo va dinlararo davlat siyosati