Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 16.10.2024
Просмотров: 65
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
— eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, sarqitlardan qutulish;
— milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, jahon andozalari darajasiga ko‘tarish;
— uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish;
— ta’lim muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish;
— bolalarimizga zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o‘qituvchi-murabbiylar bilimining saviyasini ko‘tarish;
— zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish;
— xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berish;
— bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslarni tayyorlash;
— o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash;
— respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan aloqasini o‘rnatish va mustahkamlash, yoshlarimizni, professor-o‘qituvchilarni taraqqiy topgan davlatlardagi o‘quv markazlariga borib o‘qishini, malakasini oshirishini tashkil etish.
2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta'lim sohasini qayta shakllantirish
1997 yil 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risida“ gi yangi Qonuni va „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ qabul qilindi.
Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
• ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
• umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
• ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
• ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
• bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
• ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgilandi:
• maktabgacha ta’lim;
• umumiy o‘rta ta’lim;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
• oliy ta’lim;
• oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
• kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy modelini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi. Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umum-xalq, umummillat ishiga aylandi. Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati tubdan o‘zgardi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari: „Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida nizom“, „Davlatga qarashli bo‘lgan bolalar muassasalari to‘g‘risida nizom“, „Uchinchi mingyillikning bolasi“, bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash dasturi ishlab chiqildi hamda hayotga tatbiq etilmoqda. Besh mingga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalari hukumat qarori bilan ta’lim tizimi tasarrufiga o‘tkazildi. Xususiy va xonadon bog‘chalar tarmog‘i kengaydi. Respublika bo‘yicha 84 % maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasalarida, xo‘jalik hisobidagi qisqa muddatli guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda amalga oshirilmoqda. 16 % esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001-2003 yillarda respublikamizda 6842 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda 608500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmatda bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001 yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 %ni tashkil etdi. Ular yangi ta’lim binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan jihozlash uchun sarflandi. 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 2244 ta yangi umumta’lim maktab binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Ta’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. O‘quv amaliyotiga „Vatan tuyg‘usi“, „Odobnoma“, „Ma’naviyat asoslari“, „Milliy istiqlol g‘oyasi“, „Dunyo dinlar tarixi“, „Huquqshunoslik“, „Sog‘lom oila va nikoh“, „Iqtisodiy bilim asoslari“ kabi bir qator yangi fanlar kiritildi, ular bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar yaratildi. 2002-2003 o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya’ni 1-9 sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borildi. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Shu maqsadda „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ tashkil etilib, o‘quvchilar ijara usulida darsliklar bilan ta’minlanmoqda. 2001 yilda davlat budjeti hisobidan „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ga 1923 mln so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2002 yilda 6520 mln so‘m ajratildi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’minlanadi. Prizedent farmoni (2004 yil 19 fevral) va Vazirlar Mahkamasining qarori (2004 yil 9 iyul) asosida maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan 2004-2009 yillarda buzib tashlanadigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish, maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshi-rish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi.
2003-yil 19-fevraldagi Prezident Farmoni va 2004-yil 9-iyuldagi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida maktab ta’limini rivojlanlirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqarildi. Dasturga binoan 2004- 2013-yillarda 9 765 maktabning 4 147 tasida qurilish-ta’mirlash ish- lari amalga oshirildi va 3 225 ta maktab rekonstruksiya qilindi. 424 yangi maktab, sport zallari qurildi. Ayni paytda, maktablarni o‘quv laboratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’mir- lashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda. 1-sinfga qabul qilingan o‘quv- chilarga Prezident sovg‘asi sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim, O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1997—2012-yillar davomida zamonaviy o‘quv- laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 1 537 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi.
2005-2010 yillarda 7800 tadan ziyod umumta’lim maktablari yangidan qurildi va kapital ta’mirlandi, bolalar sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi. 2009-2010 o‘quv yilida respublikamizda 9860 taumumta’lim maktablarida 450 mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 5 millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirilmoqda. 1997-2010 yillarda 1536 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda Toshkent islom universiteti tashkil etildi. 2009-2010 o‘quv yilida 66 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 6 ta xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat ko‘rsatdi. Oliy o‘quv yurtida 850 yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha 300 mingga yaqin bo‘lajak bakalavr va ma-gistrantlar ta’lim-tarbiya olmoqda. 18486 nafar professor-o‘qituvchi talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqda, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998-2001 yillarda 131 ta bakalavriat yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997 yilda tashkil etilgan „Umid“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997-2001 yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi. Ulardan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqdalar. Toshkentda 2002 yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yilda Moskva davlat universitetining filiali, 2007-yilda Moskva neft-gaz universitetining filiali, 2008- yilda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, 2009- yilda Turin politexnika universiteti tashkil etildi. Ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Texnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JAIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi, Koreyaning KOIKA - Xalqaro hamkorlik agentligi, UNESCO, Jahon banki, TASIS-TEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Ta’lim ravnaqi uchun 150 mln AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari „Ustoz“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar. O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi Prezidenti V.Shukshinov Prezidentimiz Islom Karimovga „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi diplomini topshirar ekan, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilgan ta’lim tizimi „Ta’limning o‘zbek modeli“ deb e’tirof etildi. Mustaqil respublikamizda fan taraqqiyotiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8- iyuldagi „Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida“gi Farmoni hamda VazirlarMahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997 yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi. Bugungi kunda Respublika ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq muassasalaridan iborat. Ularning 101 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 55 tasi oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo‘limlari, 32 tasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va eksperimental korxonalari, 30 tasi axborot-hisoblash markazlaridir. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi, jumladan, 2,8 ming fan doktori va 16,1 ming fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug‘ul-lanmoqda. O‘zbekistonlik olimlarning matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish, informatika va hisoblash texnikasi, astronomiya, geologiya, seysmologiya, genetika, biotexnologiya, kimyo, fizika, ekologiya, tarix, arxeologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yaratgan ilmiy maktablari, tadqiqot natijasida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlari jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olindi. Respublika olimlari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy darslik, o‘quv adabiyotlari yaratishdek dolzarb sohada fidokorona mehnat qilmoqdalar. Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot, badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda milliylik, mingyillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash, demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, yurtdoshlarimiz ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirish kabi masalalar bosh mavzu sifatida o‘rin egalladi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan etuk insonlar bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
2003 yilda mamlakatda 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln. 272000 o‘quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bergan bo‘lsa, 51 ta akademik litseylarda 30620 o‘quvchi 419 kasb-hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991 yili O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilda ularning soni 63 taga etgan. 2014 yilda esa hammasi bo‘lib 380 ta maktab, 160 dan ortik kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilangan. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajra tildi-deya qayd etadi Prezident.
2015-2020 yillar oralig‘ida esa 500 ta umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, jumladan, 101 ta yangi maktab barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital ta’mirlash rejalashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd etiladi. Ushbu amalga oshirilayotgan islohotlardan oliy ta’lim tizimi ham mustasno emas, albatta. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek “2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajarildi.
Ta’limga e’tibor, bu madaniyat va ta’limga e’tibordir. “Mamlakatimizda ta’lim soxasini rivojlantirish va islox, etishga yunaltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu soxaning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ziyod ekani, bun- day kursatkichlarni dunyoning boshka davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNISEF, YUNESKO va boshka nufuzli xalkaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmokda”
3. Ta’lim sohasidagi izchil islohotlar.
O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Mirzieyoev SH.M tomonidan qabul qilingan 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi. O‘tgan vaqt davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid etmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12-yillik majburiy ta’limdan 11-yillik ta’limga qaytildi. 2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11-yil-lik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fiklarnini inobatga olish, ular bilan «ochiq eshiklar» kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidladi.2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish %dan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini davom etirmoqda. Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
2017-yilga kelib O‘zbekistonda 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga mos etuk kadrlar bo‘lib voyaga etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi.Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada etuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.
Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
2020 yildan boshlab mamlakatimizda 8-9 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham alohida ko‘rib chiqilmoqda. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. SHuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
2017 yil tibbiyot sohasida bakalavriat muddati 7 yildan 6 yilga, tibbiyot profilaktika yo’nalishida esa 6 yildan 5 yilga tushiriladi
2017 yil 16 noyabrda “Oliy talim bakalavriatga kirish test sinovlarini o’tkazish tartibini takomillashtirish to’g’risida” prezident qarori chiqarildi
2017 yil yurtimizda 80 dan ortiq oliy o’quv yurti bor. Shulardan:
19 tasi universitet;
37 tasi institut;
6 tasi akademiya
1 tasi konservatoriya
1 tasi raqs va xareografiya oliy maktabi
13 tasi OTM filiallari
7 tasi xorijiy davlatlardagi OTM lari filiallari
Davlat statistika qo‘mitasining 2017 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 25 va undan katta yoshli aholining har 1000 nafaridan 163 nafari oliy ma’lumotlidir. Umumiy aholining soniga nisbatan mamlakatimiz aholisining bor yo‘g‘i 12% oliy ma’lumotga ega ekan. Investitsiyalar davlat qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 18, 5 million o‘rta va oliy ma’lumotli kadr bor. Bu ko‘rsatkichlar oliy ta’lim qamrovi tor ekanidan daloatdir.
2018 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, 32 milliondan ortiq aholi uchun 81 ta oliy ta’lim muassasasi, 15 ta hududiy fillial, xorijiy universitetlarning 7 ta filiali faoliyat yuritgan. 2018 yil birinchi choragiga muvofiq ulardagi talabalar umumiy soni 260 ming 905 tani tashkil etgan xolos.
Ushbu raqamlar 2018 yilgacha bo‘lgan davrda oliy ta’lim qamrovi bo‘yicha ko‘rsatkichlarmiz anchagina past ekanligini, aholini, ayniqsa yoshlarni o‘qishga ko‘proq jalb etish zururatini tug‘dirmoqda. Qachonki fuqaro biror mutaxassislikka ega bo‘lsagina ish o‘rni haqida o‘ylashi mumkin. Darhaqiqat, o‘qishga kira olmagan yoshlar qanday qilib mahallada ish topa olishi mumkin ?. Bu savol barchani o‘ylantirish shubhasiz.
SHu bois mamlakatimizda so‘ngi yillarda oliy ta’lim tizimini yanada isloh qilish borasidagi qator Prezident Farmonlari va Qarorlari qabul qilindi. Ayniqsa “2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida” Prezident Qarorida sirtqi va kechki ta’lim yo‘nalishlarini ochish, ular uchun umumiy kvotaning 30 % gacha belgilanishi, bakalvariat bosqicha ayrim yo‘nalishlarida 3 yillik ta’limning joriy etilishi va magistratura ayrim yo‘nalishlarida 1 yillik ta’limning joriy etilganligi ulkan islohotlardan biri bo‘ldi. 2019 yil 1 sentyabriga kelib O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni 113 taga etdi.
Savol va topshiriqlar
1. Islom Karimovning „Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori“ mavzusidagi ma’ruzasida ko‘tarilgan g‘oyalar, vazifalar haqida so‘zlab bering.
2. Ta’lim sohasidagi davlatimiz siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi nima?
4. Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari va vazifalari haqida so‘zlab bering.
5. Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari qurilishi haqida so‘zlab bering.