Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi ozbekistonning eng yangi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 16.10.2024
Просмотров: 63
Скачиваний: 0
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
6. Oliy ta’lim ravnaqi haqida nimalarni bilasiz?
7. Ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
12-MAVZU.
MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI.
REJA.
1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
2.Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’naviy-madaniy va ta’lim sohadagi yangilanishlar.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
Tayanch tushunchalar. Qoraqalpog’iston. Jo’qorg’i kengesi. Nukus. To’rtlo’l. Chimboy. Xo’jayli. Orol fojeasi.
1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining XV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risidagi” Deklaratsiyani qabul kildi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi” qonunda ham o’zining huquqiy asosini topib, 1 va 17-moddalarida Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) ham o‘z aksini topdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog`iston Respublikasi maqomi alohida bobda mustahkamlangan (XVII bob). O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasida “Suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasining suvereniteti O`zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida “Qoraqalpog`iston - O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir” deb mustahkamlangan.
Suveren Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami sifatida e'lon qilindi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyati quyidagilarda o`z aksini topgan:
- Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kirishi hamda ular o`rtasidagi o`zaro do`stona munosabatlarning huquqiy asosi;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z davlat ramzlariga ega ekanligini belgilaydi;
- suveren hamda mustaqil davlat ekanligining kafili;
- davlat va ma'muriy hududiy tuzilish masalalarini mustaqil hal qilishi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasining 15-bandida "O`zbekiston Respublikasining Oliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hujjatlarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga muvofiqligi haqida O`zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga taklif kiritish" huquqi belgilangan. 81-moddasida esa “Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisining vakolatlari jumlasiga, O`zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini hayotga tatbiq etishni tashkil qiladi" deyilgan.
Ushbu konstitutsiyaviy normalardan xulosa qilib aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelsa, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari amalda bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi so`zsiz tan olinadi. O`zbekiston fuqarolari uchun majburiy bo`lgan qonunlar uning tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog`iston hududida ham majburiydir.
Qoraqalpog`iston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishini uning o`zi ko`rib chiqadi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini belgilaydi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasida “Qoraqalpog`iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o`zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi”. Qoraqalpog`iston Respublikasi tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan, ovullardar iborat. O`zbekiston Respublikasi davlat siyosatiga mos holda o`z siyosatini yurgizadi. Qoraqalpog`iston Respublikasining hududi bo`linmas va daxlsizdir.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida, Qoraqalpog`iston Respublikasining o`z Konstitutsiyasiga ega bo`lishligi, uning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo`lmasligi ko`rsatilgan. Shuni ta'kidlash joizki sobiq Ittifoq davrida Avtonom Respublikalarning Konstitutsiyalari ular qaysi Respublikalar tarkibiga kiritilgan bo`lsa o`sha davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan tasdiqlanishi shart edi. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritib bu adolatsizlikka chek qo`ydi. Qoraqalpog`iston suveren Respublikasi bilan mustaqil O`zbekiston Respublikasining bir-butun yaxlitligi mustahkamlanganQoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining XII sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992-yil 14-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993-yil 9-aprelda bo‘lib o’tgan XII sessiyasida Davlat gerbi, 1993-yil 4-dekabrda bo‘lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi parlamenti - Jo’qorg’i Kengesi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Xususan, Jo’qorg’i Kengesida 1991-1992-yillarda Dauletbay Shamshetov, 1992-1997-yillarda Ubbiniyaz Ashirbekov, 1997-2002-yillarda Timur Kamalov hamda 2002-yil 2-maydan e’tiboran bu lavozimda Musa Tajetdinovich Erniyozov rais sifatida faoliyat olib bormoqda. Avvalgi Oliy Kengashdan farqi Jo’qorg’i Kengashga savlov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi. Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi bo‘yicha albatta deputat bo‘luvchi o’rinlar xam mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o‘z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqoti yo’lga qo’yildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi o`z Konstitutsiyaviy nazorat organiga ega bo`lib, uni Qoraqalpog`iston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasi amalga oshiradi. Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tarkibi saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasiga saylangan sudyalarning vakolat muddati 5 yildir. Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasiga saylangan shaxslar o`z vazifalarini bajarishda daxilsizdirlar va faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo`ysunadilar. Uni tashkil etish va ish tartibini belgilash Qoraqalpog`iston Respublikasining “Konstitutsiyaviy nazorat qo`mitasi to`g`risida”gi qonuni bilan belgilangan.
Qoraqalpog`iston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Qoraqalpog`iston Respublikasining Oliy Sudi, Xo`jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan tuman, shahar sudlaridan iborat. Ular O`zbekiston Respublikasining "Sudlar to`g`risida"gi qonuniga muvofiq o`z faoliyatini olib boradilar. Ushbu qonunda jumladan, "Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudi faoliyat ko`rsatadi" deb belgilangan. Ular faoliyatining tashkil etilishi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari jumlasiga kirib unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi raisi va a'zolari, shuningdek, tuman, shahar sudlarining sudyalari, lavozimlariga nomzodlarni tavsiya qiladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy sudi jinoiy, fuqaroviy va ma'muriy sud ishlarini yuritish borasida, sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni olib boradi.
Ijroiya organi -Vazirlar Ministrlar Kengashi hisoblanadi. Quyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo’lib ishladi: Amin Tojiev (1989-1992), Radjapboy Yo’ldashev (1992-1995), Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006). Hozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bo‘lib Baxadir Yangibaev ishlaydi.
Bugungi kunda O‘zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so‘mni, yoki butun Qoraqalpog’iston byudjeti xarajatlarining 75 %ni tashkil etmoqda. O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo’lida mehnat kilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida nodavlat sektorning xissasi oshib bordi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va savdoda nodavlat sektori xissasi 80-90 %ni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo’nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida xam jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Aloqabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”, “G’allabank” kabilarning Qoraqalpog’iston bo‘limlari tashkil etildi.
Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug‘ullanuvchi xissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqligini ta’minlash choralari ko’rildi.
Qoraqalpog’istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4 ta savdo uyi, 35 ta mayda ulgurji savdo do’konlari va omborlar, 32 ta ko‘tara savdo bazasi xamda O‘zbekiston tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog’iston bo‘limi, 19 ta supermarket do‘konlari faoliyati yo’lga qo’yildi. 1999-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy xajmi 650 million so’mni tashkil etdi. Uning 20% respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50% esa tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi. 2000-yilga kelib 2932 ta sanoat korxonasi xususiylashtirildi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000-yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so’mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 ta kichik va o‘rta ishbilarmon korxonalari, 8977 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar ro’yxatga olindi. 1996-yil yakunlariga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi 10 mlrd 355,7 mln so’mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90% ga o‘sdi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chikarildi.
1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko’paydi. Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar, osh tuzi ishlab chiqarish sohalari o’sdi. Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996-yilda Qo‘ng‘irotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83% ga etdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan ta’minlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993-yili Nukusda “Kateks” to‘qimachilik majmuasi, 1995-yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikkal’a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995-yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona 600 mln dollarga qiymatga ega yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo’l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko’zda tutilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, to‘rttasi modernizatsiya qilinadi.
2000-yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Yer osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir.
Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab bo‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi. 2014-yili nufuzli “Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqolpog’istonda 1991-2000 yillar orasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. Lekin ko‘p sanoat korxonalarining asosiyishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) holati eskirganligi sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 %dan yuqori edi. Eng avvalo, yigiruv-tikuv fabrikalari, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etildi.
Qoraqalpog’istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. Xususan, 1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 ta qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatardi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3% ni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning xissasi 97,8% ni, donchilikda 98,1% ni, kartoshkachilikda 99,7 % ni, sabzavotchilikda 98,8% ni, polizchilikda 95,1% ni, bog‘dorchilikda 98,5% ni, pillachilikda 100% ni, go‘sht yetishtirishda 98,9% ni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4% ni, qoraqul teri va jun yetishtirishda 100% ni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. G‘alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8% ni tashkil etdi. Bug‘doy va kartoshka yetishtirish 3 marta, uzum etishtirish 4 martaga ko‘paydi. Qoraqalpog’istonda dehkon fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo’yicha yetarli tajriba to‘plandi. 1998-yilga kelib 1686 ta fermer shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Ellikqal’a tumanida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Lekin Qoraqalpog’istonda ana shu tajribani ommalashtirishga mutlaqo e’tibor berilmadi.
1992-yili Qoraqalpog’iston Respublikasi Tashki iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. 1992-2000-yillarda Jahon banki, Yevropa taraqqiyot banki va boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan 100 ortiq shartnomalar tuzildi. Respublikada 303dan ortiq qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari Rossiya, AQSH, Janubiy Koreya, Shveysariya, Niderlandiya hisoblanadi. Asosan paxta tolasi, toladan olinadigan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotiladi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 1996-yilda 122,9 mln dollarga teng bo‘ldi. G’arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95% ni tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasida importning salmog‘i 1996-yilda 46,2% ni tashkil kildi. Import mahsulotlari tarkibiga asosan xalq iste’mol mollari, qora va rangli metallar, oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug‘doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Lekin respublikaning imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti. Masalan, 1999-yili respublika hududida 70 ga yaqin foydali qazilma konlari aniqlandi.
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. Respublika aholisi 1,5 mln kishiga ko’paydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yili 2-sentyabrda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 405-sonli qarorini qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5% ga etdi. 1992-1996 yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respublika aholi punktlariga 2 ming 885 km vodoprovod tarmog‘i olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoqlari yetkizildi va tabiiy gaz bilan ta’minlash 85,4% ni, shu jumladan, shaharda 99,4% ni, qishloqda 72,4% ni tashkil etdi. Ko‘plab sog’liqni saqlash ob’ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug‘ruqxonalar va turar-joy binolari qurildi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’naviy-madaniy va ta’lim sohadagi yangilanishlar.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasida barcha sohalarda bo’lganidek madaniy-ma’naviy sohalarda ham sezilarli o’zgarishlar bo’ldi. Xususan, bu davrda Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Kasiboy o’g’li va Berdaq Qarg’aboy o’g’lining 170 yilligi, Nukus pedagogika institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq Davlat universitetining 25 yilligi, Allayor Do’stnazarovning 100 yilligi, Ernazar Alakozning 200 yilligi, I.Yusupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Qoraqalpoq xalqining atoqli farzandlarini nomini abadiylashtirish maqsadida Nukus pedagogik institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi. Berdaq va Ajiniyoz, Ulug’bek haykallari o’rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Aimxon Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi.
1994-yili Qoraqalpog’istonda “Ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat markazi” tashkil etildi. Dastlab markaz raisi sifatida - Ibroxim Yusupov tayinlangan bo’lsa, hozirda Ulmambet Xo’janazarov faoliyat olib bormoqda. Shuningdek “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuroniy”, “Navro’z” fondlari tashkil etildi. Qoraqalpog’iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Qaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar “O‘zbekiston Qaxramoni” yuksak unvoniga sazovor bo’ldilar.
1993-yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilidan yangi lotin yozuviga o’tish hakida qaror qabul qiladi. “Bilim” nashriyotidan 1996-1997-yillarning o’zida 65 bosmada darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993-yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996-yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Hozir Qoraqalpog‘istonda 6 ta gimnaziya, 13 ta litsey, 19 ta kollej, 18 ta maktab-litsey, 6 ta bank-klass va biznes-maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikadagi 22 ta o’rta maxsus o’quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida 11,8 ming o’quvchi ta’lim olmoqda. 1990-yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo’limi asosida Nukus davlat pedagogik instituti qayta tashkil etildi. 1991-yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001-yili 1000 taga yetdi. 1995-yili yana universitetning qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005-yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o’quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o’qimoqda.